Abbos Otaxonov (1995-yil 25-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston Superligasi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Bekobodning „Metallurg“ klubi himoyachisi[1][2].

Abbos Otaxonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abbos Adhamjon o'g'li Otaxonov
Tavallud sanasi 25-avgust 1995-yil (1995-08-25) (28 yosh)
Tavallud joyi Jalaquduq, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Raqami 95
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013-2014 Paxtakor-2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015 Paxtakor-2 2 (0)
2016 Paxtakor 8 (0)
2017 Navbahor 17 (1)
2018-2020 Metallurg Bekobod 78 (3)
2021 AGMK 18 (1)
2022 Metallurg Bekobod 12 (0)
2023 Buxoro 13 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Oʻzbekiston U-19 0 (0)
2018 Oʻzbekiston U-23 10 (2)
2018- Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 14-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 30-iyul uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

"Paxtakor" futbol akdameyasi tarbiyalanuvchisi. „Paxtakor“ning ikkinchi farm jamoasi „Paxtakor-2“ safida professional faoliyatini boshlagan. 2016-yil Oliy ligada debyutini „Paxtakor“ safida oʻtkazgan. 2017-yil Namanganning „Navbahor“ jamoasi safiga qoʻshiladi.[3] 2018-yil mavsum avvalida Bekobodning „Metallurg“ klubi safiga oʻtadi.[4] 2021-yil Toshkent viloyatining boshqa bir jamoasi Olmaliqning „AGMK“ klubi tarkibiga oʻtadi.[5] 2022-yil yana Bekobodliklar safiga qaytadi[6]. 2023-yilgi mavsumda Buxoro klubida o'tkazdi. 2024-yil yanvar oyida Bekobodga qaytdi va „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan[7].

Yutuqlari tahrir

  • U-23 Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni: 2018

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir