Abbosa bint al-Mahdiy

Abbosa bint al-Mahdiy xalifalar xonadonidan

Abbosa bint al-Mahdiy (arabcha: عباسة بنت المهدى – Abbosa bint Muhammad al-Mahdiy al-Abbosiy)  — xalifalar xonadonidan.

Abbosa bint al-Mahdiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 798-yil (hijriy 182-yil)
Raqqa
Dini Islom
Tanilgan sohasi xalifalar xonadonidan

Hayoti tahrir

Abbosa abbosiy xalifalaridan Mu­hammad Mahdiyning qizi, Hodiy va Horun ar-Rashidning singlisi. Abbosa bint al-Mahdiy Muhammad ibn Sulaymon ibn Aliga, uning oʻlimidan soʻng Ibrohim ibn Solih ibn al-Mansurga, uning vafotidan keyin Muhammad ibn Ali ibn Dovudga turmushga chiqqan. Uchinchi erining vafotidan soʻng, Iso ibn Jaʼfar Abbosa bint al-Mahdiyga sovchi qoʻyishni xohlagan. Abu Nuvosning xalifaga yozgan „Bir xoinni oʻldirishni istasang, uni qilich bilan emas, Abbosaga nikohlab qoʻyish bilan oʻldir“, degan sheʼrini eshitib oʻz fikridan qaytgan.

Baʼzi manbalardagi rivoyatga koʻra, Horun ar-Rashid oʻz majlislarida ularning ikkisi ham qatnashishligini taʼminlash uchun singlisi Abbosa bint al-Mahdiy va Jaʼfar ibn Yahyo al-Barmakiyni nikohlab qoʻygan, ammo er-xotinlik munosabatlarini taʼqiqlagan. Biroq ular mazkur buyruqqa boʻysunmasdan Abbosa bint al-Mahdiy homilador boʻlgan. Horun ar-Rashid Jaʼfarni darhol qatl qildirgan.

Manbalarda hikoya tarzida kelgan bu voqea keyinchalik romanlarga mavzu boʻlgan. Jurji ZaydonningAbbāsa“ nomli romani turk tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan (tarjimon Hasan Badriddin, 1923-yil).

Abbosa bint al-Mahdiyga otasi Mahdiy Abadon shahrining sharqiy tomonidan baʼzi hududlarni ajratib berganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. „Suvayqa al-Abbosa“ Abbosa bint al-Mahdiyning nomi bilan ataladi[1].

Adabiyotlar tahrir

  • Yoqut. Mu’jam. – Bayrut: „Dor Sodir“, 1957. III, 287-288;
  • Ibn Xallikon. Vafayāt. – Bayrut: „Dor Sodir“, 1978. I, 332-334;
  • Mustafa Fayda. „Abbase bint Mehdi“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 30;
  • J. Horovitz. „Abbasa“. EI2 (Ing.). I, 14.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.