Abdi Suerkulov
Abdi Suerkulovich Suerkulov (1912-yil 12 (25)-dekabr, Rossiya imperiyasi, Fargʻona viloyati Oʻsh tumani Torkent qishlogʻi, (hozirgi Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Toʻqtoʻgʻul tumani) – 1992-yil 10-oktyabr, Bishkek) – sovet partiya va davlat arbobi. Qirgʻiziston SSR va 1950 – 1958-yillarda Qirgʻiziston SSR Vazirlar Soveti raisi.
Abdi Suerkulov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Rossiya imperiyasi Fargʻona viloyati |
Vafoti |
1992-yil 10-oktabr Bishkek |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAbdi Suerkulov 1912-yilda dehqon oilasida tavallud topgan[1].
1946-yilda Bolsheviklar Butunittifoq kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. 1927-yil martdan Frunzedagi ruhoniy va tijorat shogirdlari maktabining talabasi.
1931—1933-yillarda Qirgʻiziston ASSR Ketmen-tepa viloyat isteʼmolchilar uyushmasi raisi[2], 1933— 937-yillarda Talas viloyat moliya boshqarmalari boshligʻi va 1937—1938-yillarda Qirgʻiziston SSR Moliya Xalq Komissarligining soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1938—1939-yillarda Ketmen-Tyubinsk viloyatidagi kolxoz raisi va 1939-yilda Tuman yer boʻlimi boshligʻi, Qirgʻiziston SSR Ketmen-Tyubinsk tumani tuman qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 1939—1941-yillarda Qirgʻiziston SSR Jalolobod viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi. 1941— 942-yillarda Jalolobod viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi.
1942—1944-yillarda Qirgʻiziston KP(b) MKning targʻibot va tashviqot boʻyicha kotibi. 1944—1946-yillarda Bolsheviklar Butunittifoq kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabi talabasi. 1949—1959-yillarda Qirgʻiziston Kompartiyasi (b) Markaziy Qoʻmitasining ikkinchi kotibi boʻlgan.
1947—1950-yillarda Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining raisi. 1950—1958-yillarda Qirgʻiziston SSR Vazirlar Kengashining raisi.
1958—1959-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash kurslari talabasi.
1959—1969-yillarda Qirgʻiziston SSR savdo vaziri boʻlgan. 1940-yildan VKP (b) aʼzosi va SSSR Oliy Sovetining 3—5-chaqiriqlari deputati etib saylangan[3]. 1969-yil apreldan pensiyaga chiqgan.
Abdi Suerkulov 1992-yil 10-oktyabrda vafot etgan, Bishkekdagi Ala-Archa qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlar va unvonlari
tahrir- Ikki marta Lenin ordeni
- Ikki marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni
Manbalar
tahrir- ↑ „Суеркулов Абды Суеркулович“.
- ↑ „Суеркулов Абды Суеркулович“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
- ↑ „Суеркулов Абды БИОГРАФИЧЕСКИЙ УКАЗАТЕЛЬ“.