Abdul Gʻafur Breshna (1907-yil 10-aprel – 1974-yil 4-yanvar) afgʻon rassomi, musiqa bastakori, shoir va kinorejissyor edi[1][2]. U mamlakatning eng isteʼdodli rassomlaridan biri sifatida tanilgan. U, shuningdek, 1970-yillarda qoʻllangan Afgʻonistonning sobiq madhiyasini ham yaratgan[3].

Abdul G'afur Bareshna
عبدالغفور برېښنا
Tavalludi
Abdul G'afur

10-aprel 1907-yil
Vafoti 4-yanvar 1974-yil(1974-01-04)
(66 yoshda)
Kobul, Afgʻoniston
Fuqaroligi Afgʻoniston
Kasbi [Rassomlik|Rassom]], musiqa bastakori, sheʼr, film direktori
Breshnaning Ahmadshoh Durroniyga toj kiydirayotgan Sobirshoh surati
Breshna tuzgan 1970-yillarda ishlatilgan sobiq Afgʻoniston milliy madhiyasi

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Breshna 1907-yil 10-aprelda Afgʻonistonning Kobul shahrida Abdul Gʻofur nomi bilan tugʻilgan. Breshna soʻzi chaqmoq degan maʼnoni anglatadi, uni familiya sifatida qoʻshgan. 1921-yilda Omonullaxon tomonidan Germaniyaga oliy oʻquv yurtiga yuborilgan talabalar qatorida edi. Myunxendagi Tasviriy sanʼat akademiyasida rassomlik va litografiya boʻyicha tahsil olgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Germaniyada Breshna Margerxiga turmushga chiqdi va 1931-yilda Afgʻonistonga qaytdi[1][2].

Oʻlim va merosi

tahrir

U 1974-yil 4-yanvarda oʻzi tugʻilgan Kobul shahrida vafot etdi. Uning asarlarining aksariyati Afgʻonistondagi koʻp yillik urush paytida yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan. Faqat baʼzilari qolgan va u hozir Afgʻonistonning eng isteʼdodli rassomlaridan biri sifatida eslanmoqda.

Faoliyati

tahrir

Breshna 1973-yildan 1978-yilgacha foydalanilgan Afgʻoniston madhiyasini bastalagan.

Koʻrgazmalar

tahrir

Breshnaning asarlari butun dunyo boʻylab Tehron (1953, 1966), Dehli (1954, 1974), Qohira (1956), Nyu-York (1957), Moskva (1965, 1973), Pekin (1967), Sofiya (1967), Kann (1971) va Dushanbe (1972) kabi shaharlarda namoyish etilgan[1][2].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Afghanistan Ustad Abdul Ghafoor Breshna“. Afghanland.com. 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Ustad Abdul Ghafur Breshna“. Tasvirafghanistan.com. 2012-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-may.
  3. „Afghanistan (1973-1978)“ (2012-yil 9-may).