Abdulaziz ibn al-Volid
Abdulaziz ibn al-Volid (arabcha: عبد العزيز بن الوليد) (728/729-yilda vafot etgan) – Umaviylar shahzodasi, Vizantiya imperiyasiga qarshi urushlarda qoʻmondonlik qilgan. Otasi xalifa al-Volid I (h. 705–715) davrida Damashq hokimi boʻlgan[1]. Al-Volidning oʻgʻillari orasida eng koʻzga koʻringani boʻlgani sababli otasi uni oʻzining vorisi etib tayinlashga harakat qilgan, ammo bu urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Al-Volidning ukasi xalifa Sulaymonning vafotidan keyin (h. 715–717) Abdulaziz xalifalik taxtini egallash uchun harakat qilib koʻrgan, chunki undan oldin ham amakisining oʻgʻli Umar II (h. 717–720) xalifa etib tayinlangan edi.
Abdulaziz ibn al-Volid | |||||
---|---|---|---|---|---|
Farzandlari | Atiq | ||||
| |||||
Sulola | Umaviylar | ||||
Otasi | Al-Volid ibn Abdulmalik | ||||
Onasi | Ummu al-Banin binti Abdulaziz | ||||
Dini | Islom | ||||
Kasbi | Jund Damashq hokimi |
Tavalludi va yoshlik yillari
tahrirAbdulazizning onasi Volidning amakisi Abdulaziz ibn Marvonning qizi Ummu al-Banin boʻlgan[2]. Tarixchi C. E. Bosworthning soʻzlariga koʻra, otasi uni „oʻgʻillari orasida eng kuchli shaxs, sayyid“ deb hisoblangan[3]. Al-Volid Abdulazizni Jund Damashq (Damashq harbiy okrugi) hokimi etib tayinlagan[4].
Arab-Vizantiya urushlarida qoʻmondonligi
tahrirAbdulaziz 709-yilda Onadoʻlida vizantiyaliklarga qarshi oʻzining birinchi yurishini olib borgan va u yerdagi qal’alardan birini egallab olgan. Biroq asosiy hujumni keyinchalik uning amakisi Maslama ibn Abdulmalik boshqargan[5]. 710-yilda Vizantiyaga qarshi urushda bosh qoʻmondon sifatida Maslamaning rahbarligi ostida Umaviylar tomonidan amalga oshirilgan asosiy hujumga boshchilik qilgan[5]. 713-yilda chegaradagi Gazelon qal’asiga qarshi hujum uyushtirgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Zetterstéen 1960.
- ↑ Hinds 1990.
- ↑ Bosworth 1982.
- ↑ Crone 1980.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Lilie 1976.
Adabiyotlar
tahrir- Bosworth, C. E.. Medieval Arabic Culture and Administration. Variorum Reprints, 1982. ISBN 0-86078-113-5.
- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXIII: The Zenith of the Marwānid House: The Last Years of ʿAbd al-Malik and the Caliphate of al-Walīd, A.D. 700–715/A.H. 81–95, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1990. ISBN 978-0-88706-721-1.
- Lilie, Ralph-Johannes. Die byzantinische Reaktion auf die Ausbreitung der Araber. Studien zur Strukturwandlung des byzantinischen Staates im 7. und 8. Jhd. (German). Munich: Institut für Byzantinistik und Neugriechische Philologie der Universität München, 1976. OCLC 797598069.
- Marsham, Andrew. [[[:Andoza:Google Books]] Rituals of Islamic Monarchy: Accession and Succession in the First Muslim Empire]. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2009. ISBN 978-0-7486-3077-6.
- Marsham, Andrew „Kinship, Dynasty, and the Umayyads“, . The Historian of Islam at Work: Essays in Honor of Hugh N. Kennedy. Leiden: Brill, 2022 — 12–45-bet. ISBN 978-90-04-52523-8.
- Zetterstéen, K.V. (1960). "ʿAbd al-ʿAzīz ibn al-Walīd". in Gibb, H. A. R.. Encyclopaedia of Islam. Volume I: A–B (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 58. OCLC 495469456. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=%CA%BFAbd+al-%CA%BFAz%C4%ABz+ibn+al-Wal%C4%ABd&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.