Abdulfattoh Shafiev (Shafiev Abdulfattoh Abdulhafizovich ; 30.09.1981 , Dushanbe) — jurnalist, tarjimon, o'qituvchi va tojik media mutaxassisi. Tojikiston darajasida turli talabalar mukofotlari va xalqaro darajadagi jurnalistika mukofotlari sovrindori. Afg'oniston, Tojikiston, Pokistondagi Mediotech loyihasining tinchlik elchisi(2018-2019) dir

Abdulfattoh Shafiev

Biografiyasi tahrir

Abdulfattoh Shafiev 1981- yil 30-sentabrda Dushanbe shahrida tug'ilgan va Tojikiston poytaxti chekkasidagi Zafar nomli kichik qishloqda voyaga yetgan.

Ta'limi tahrir

Uning maktab davri fuqarolar urushi va urushdan keyingi ogʻir kunlarga toʻgʻri kelgani uning ta’lim-tarbiyasiga ham ta’sir qilgan. Vaholanki, u maktabda faol oʻquvchi boʻlib, doimo oʻqituvchilarning hurmatiga sazovor boʻlgan.

Tojikiston Milliy Davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida bakalavr va magistraturani imtiyozli diplom bilan yakunlangan. Diplom ishining mavzusi arab tili mavzusida bo'lgan.

2002-yil oktyabr oyida Og'a Xon jamg'armasi tomonidan talabalar o'rtasida o'tkazilgan yozma tanlovda g'olibi bo'lgan.

Magistraturada tahsil olayotgan paytdan boshlab Tojikiston Milliy davlat universitetida arab tilidan dars berishni boshlagan.

Turli vaqtlarda Indiana universiteti va Arizona shtat universitetida yozgi kurslarda ham dars o'tgan.

2012-yilda Tojikiston va Rossiya Slavyan universitetining aspiranturasiga oʻqishga kirgan va 2014-yilgacha shu yerda tahsil olgan. Ilmiy tadqiqotining predmeti Tojikiston virtual makonida axborot tarmoqlarining hozirgi holati va rivojlanishidir. Ilmiy izlanishlari xorijda davom etganligi sababli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilmadi.

2014-yil sentyabridan 2015-yil sentyabrigacha Vashingtondagi Jorj Vashington universitetining Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti Elliott xalqaro munosabatlar maktabi Markaziy Osiyo dasturida tadqiqotchi boʻlgan. Ushbu dasturning bitiruvchisi sifatida u Markaziy Osiyo tahliliy tarmogʻining ishga tushishiga hissa qoʻshgan va bir vaqtlar uning bosh muharriri oʻrinbosari boʻlgan.

Jurnalistika tahrir

2001-yil yozidan 2003-yil oxirigacha “Tojikiston” (hozirgi “Tojik ovozi”) radiosining arab boʻlimida avval amaliyotchi, keyin muharrir, soʻngra arab boʻlimi mudiri sifatida faoliyat ko'rsatgan.

2002-yil oxiridan 2010-yil oʻrtalarigacha Dushanbedagi “Ozodi” radiosi idorasida turli lavozimlarda ishlagan. U shu idorada mustaqil radio muxbiri sifatida ishlay boshlagan va ishdan ketgandan keyin Dushanbedagi veb-guruhni boshqargan. “Ozodi” radiosi veb-saytining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi va bu idoradagi ishlarning bosqichma-bosqich radiodan internetga oʻtishida uning xizmatlari katta. Ushbu radiostantsiya muxbiri sifatida u Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (Melburn, 2004), Osiyo taraqqiyot banki (Almati, 2004), Radio Ozodi (2005) va Yevropa kadrlar tayyorlash fondi (Turin, 2006) jahon tanlovlarida gʻolib boʻlgan.). Ushbu radio tarmog'ida Tojikistonda ilk bor 2007-yilgi Jahon chempionatidagi Tojikiston yoshlar terma jamoasi o'yinlaridan jonli matnli futbol o'yinlari olib borildi.

Turli mavzudagi maqolalari mahalliy nashrlarda chop etilgan va qayta qayta nashrga berilgan..

U Tojikistondagi birinchi multimedia materiallarini ishlab chiquvchilardan biri hisoblangan, Londonda joylashgan Ozodi radiosi va Jadid Online multimedia veb-sayti uchun ham maqolalar tayyorlagan. 2011-yilda uning “ Millat ” nashrida yangi texnologiyalarga bagʻishlangan turkum maqolalari Megafon mobil kompaniyasining birinchi mukofotiga sazovor boʻldi. Bu mukofoti uni xalqaro darajada ishlashga yana bir imkon bo'ldi

U Global Voices Online veb-saytida ingliz tilida ham maqolalar yoza boshlagan va qisqa vaqt davomida ushbu veb-saytning Markaziy Osiyo, Kavkaz, Afg'oniston va Turkiya bo'limi muharriri darajasiga chiqgan.

2016-yilda u BMTda joylashgan Jurnalistlar uyushmasining maxsus dasturining sobiq Sovet davlatlaridan birinchi muhariri boʻlgan va New-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida jurnalist sifatida Markaziy Osiyoning beshta davlatidan vakil bo'lgan

U BMTning o'sha vaqtdagi Bosh kotibi Pan Gi Mun, tinchlik uchun Nobel mukofotini qo'lga kiritgan birinchi musulmon ayol, Shirin Ebadi, Bollivud yulduzi hisoblangan Amir Xon va boshqa shunday mashxurlar bilan kabi dunyo yetakchilari bilan maxsus intervyular tashkilladi.

Blog yuritishi tahrir

U Tojikistonda blog yuritish boʻyicha birinchi yuqori o'quvchilariga ega bo'lgan maqolani yozgan, keyin Tojikistonning birinchi fuqarolaridan biri boʻlgan va Blogspot platformasida Shahriariston nomli shaxsiy blog ochgan.

2008-yilda uning " Tojikiston futboli " deb nomlangan blogi paydo bo'ldi va u tezda yuqori reytinga chiqdi. Bu futbol haqidagi va tojik tilidagi birinchi internet manba edi. Keyinchalik Tojikiston futboli butunlay internet bilan ishlash jamoasiga o'tdi va Abdulfattoh Shafiev uning boshqaruvini tark etdi.

Uning tashabbusi bilan bir talay tarjimonlar “ Skype ”ning ilk bor tojik tiliga birinchi tarjimasini yakunladilar.

Media eksperti tahrir

U Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli loyihalarida ommaviy axborot vositalari bilan aloqador shaxs sifatida ishlagan.

Turli loyihalar doirasida jurnalistlar uchun treninglar oʻtkazdi.

Mukofotlar tahrir

Havolalar tahrir