Abdulla Aʼzamov

sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori

Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov (1947-yil 21-aprel, Baliqchi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1987)[1], professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi (2013)[2], Oʻzbekiston matematiklari jamiyati prezidenti (2013), TWMS (Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati) vitse-prezidenti (2017)[3]. „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, Xalqaro Bobur mukofoti (2015), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2016) va „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni sohibi[4].

Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov
Tavalludi 1947-yil 21-aprel
Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizika va matematika oʻqituvchisi
Ish joylari Namangan davlat universitetiga rektor (1993)
Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filiali
Tafakkur jurnali bosh muharririning oʻrinbosari (19992000)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim (20002011)
Institutlar Oʻzbekiston Milliy universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Moskva davlat universiteti
Ilmiy darajasi Dotsent
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Oʻzbekiston fan arbobi

Mehnat shuhrati ordeni

1973-yildan respublika matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi. 1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Aʼzamovga 1981-yili dotsent va 1989-yili professor unvoni berilgan[5].

2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi. 1972–1975-yillarda „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari va 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan.

Tarjimayi holi

tahrir

Abdulla Aʼzamov 1947-yil 21-aprelda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan[5]. Millati oʻzbek. 1953–1964-yillarda u oʻzi tugʻilib oʻsgan tumandagi 1-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. 1963-yilda „Yosh leninchi“ gazetasi tomonidan uyushtirilgan sirtqi olimpiadada qatnashgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan va Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1966-yili bir guruh talabalar bilan oʻqishni davom ettirish uchun M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga yuborilgan. 1970-yilda oʻqishni tamomlagan[3].

Faoliyati

tahrir

Abdulla Aʼzamov 1971–1972-oʻquv yilidan boshlab differensial tenglamalar fanidan maʼruza oʻqigan[5]. 1972–1975-yillarda (oʻrindoshlik asosida) „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir lavozimida ishlagan. 1973-yildan Oʻzbekiston SSR matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[5]. U Toshkent davlat universitetining Matematik analiz kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilgan, 1980–1993-yillarda Differensial tenglamalar kafedrasida dotsent, professor va kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1992–1993-yillarda Matematika fakultetiga dekan etib tayinlangan. Aʼzamov 1993-yilda Namangan davlat universitetiga rektor etib tayinlandi. 1998–1999-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazida boʻlim boshligʻi, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari, 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan[3].

1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Unga 1981-yil dotsent, 1989-yili professor unvoni berilgan. Namangan dorilfununiga rahbarlik qilib yurgan yillarida (19931997)[3][6] ham ilmiy-pedagogik faoliyatini olib borgan. Uning „Munojatnoma“ asari Alisher Navoiy gʻazallarining ilmiy-tarixiy tahliliga bagʻishlangan. U Namangan davlat universitetiga rektor boʻlgan davrida „Usmon Nosir qayerda?“ pyesasini yozadi va asar viloyat teatrida qoʻyiladi[5].

Aʼzamov Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filialida maʼruzalar oʻqigan. 2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va 2013-yil Oʻzbekiston matematika jamiyatining raisi etib saylangan[3]. Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati vitse-prezidenti (2017) hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi[7].

Oilasi

tahrir

Abdulla Aʼzamovning 2 ta oʻgʻli va 1 ta qizi bor[5].

Kitoblari

tahrir

Ilmiy maqolalari

tahrir

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Abdulla A'zamov National University of Uzbekistan · Department of Applied Mathematics. Doctor of Physical-Mathematical Sciences“ (researchgate.net). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
  2. „Abdulla Aʼzamov. Институт математики Академии Наук Республики Узбекистан“ (scholar.google). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Ummatov R 2022, s. 38.
  4. 4,0 4,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (uza.uz). 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „Abdulla Aʼzamov“ (uz) (mathnet.uz). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
  6. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.02.1992-yildagi PF-356-son“ (lex.uz). 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  7. „O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi“ (academy.uz). Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
  8. „Abdulla A’zamovich A’zamov kitobi“ (kitobxon.com). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
  9. „Абдулла Аъзамович Аъзамов: Тақвим жадвали. Ҳижрий ва милодий тақвимларда саналарни кунма-кун ўгириш жадваллари.“ (olcha.uz). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
  10. „Differential Equations and Dynamical Systems: 2 USUZCAMP, Urgench, Uzbekistan, August 8–12, 2017“ (en) (amazon.in). Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
  11. „“Existence and uniqueness theorems for the Pfaff equation with continuous coefficients”“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  12. „“An existence theorem and an approximate solution method for the Pfaff equation with continuous coefficients“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  13. „“A pursuit-evasion differential game with slow pursuers on the edge graph of simplexes.“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  14. „“Four-dimensional brusselator model with periodical solution”“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  15. „The pursuit-evasion game on the 1-skeleton graph of the regular polyhedron“ (scholar.google). Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  16. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2023-yil 26-avgust).

Adabiyotlar

tahrir
  • Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4. 

Havolalar

tahrir