Abdulloh al-Bagʻaviy

Abdulloh al-Bagʻaviy faqih, muhaddis va mufassir

Abdulloh al-Bagʻaviy (arabcha: عبد الله البغوي  — Abu Muhammad al-Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad al-Farro al-Bag‘aviy) — faqih, muhaddis va mufassir.

Abu Muhammad al-Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad al-Farro al-Bag‘aviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1042-yil (hijriy 433-yil)
Vafoti milodiy 1122-yil (hijriy 516-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, muhaddis va mufassir

Hayoti

tahrir

"Muhyi as-sunna", "imom" va "shayx­ul-islom" nomlari bilan eʼtirof etilgan. "Farro" nomi mo‘yna bilan shug‘ullanuvchilarga, „al-Bag‘aviy“ nisbasi esa, Marv va Hirot oralig‘ida joylashgan Xurosonning Bag‘shur (Bag‘) shahriga nisbatan ishlatilgan.

Abdulloh al-Bag‘aviyning tavallud sanasi sifatida Yoqut al-Hamaviy "Mu’jam al-buldān"da 433/1042-yillarni, az-Zirikliy esa 436/1045-yillarni ko‘rsatganlar.

Abdulloh al-Bagʻaviy ahli sunna val-jamoa eʼtiqodida, shofeʼiy mazhabida bo‘lgan.

Ilm talabida Xurosonning turli hududlariga safar qilgan. Shofeʼiy faqihlaridan bo‘lish bilan birga, u muhaddis va mufassirlar qatoridan ham joy olgan, "dinning ustuni", "sunnatni tiriltiruvchi" unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Abdulloh al-Bagʻaviy nihoyatda taqvodor, sabrli, kamtarona hayot kechirgan, zohid inson bo‘lgan.

Tojuddin as-Subkiy olimni shunday taʼriflaydi: „Al-Bag‘aviy ulug‘ imom, taqvodor, faqih, ilm bilan amalni jamlagan obid, mufassir va muhaddis olimdir“.

Hoji Xalifa "Kashf az-zunӯn"da Abdulloh al-Bagʻaviy qalamiga mansub tafsir haqida: „Besh yuz o‘n oltinchi yilda vafot etgan Imom al-Husayn ibn Mas’ud al-Bag‘aviyning “Maʼālim at-tanzӣl" asari o‘rtacha tafsirlardan bo‘lib, ulug‘ sahobalar, tobeʼinlar va keyingi davr ulamolaridan naql qilingan. Uni 805-yilda vafot etgan ash-Shayx Tojuddin Abu Nasr Abdulvahhob ibn Muhammad al-Husayn muxtasar qilgan", deb zikr qilgan.

Al-Xozin o‘zining tafsiri muqaddimasida shunday yozadi: „Al-Husayn ibn Mas’ud al-Bag‘aviyning tafsiri shu ilm sohasidagi shubhadan holi, rost so‘zlarni jamlagan, shariat ahkomlari bayon etilgan, ajoyib xabarlar va qissalar bilan o‘ralgan bebaho kitoblardandir“.

Ustozlari

tahrir

Abu Ali al-Hasan ibn Muhammad ibn Ahmad al-Marvaziy, Abu Amr Abdulvohid ibn Ahmad ibn Abu-l-Qosim al-Hiraviy, Abu-l-Hasan Ali ibn Yusuf al-Juvayniy, Abu Bakr Ya’qub ibn Ahmad an-Naysoburiy, Abu Ali Hasson ibn Sa’id al-Munay’iy, Abu Bakr Muhammad ibn Abdussamad at-Turobiy al-Marvaziy, Xuroson shayxi nomi bilan tanilgan Abu-l-Qosim Abdulkarim ibn Abdulmalik ibn Talha an-Naysoburiy al-Qurashiy, Abu Solih Ahmad ibn Abdulmalik ibn Ali an-Naysoburiy, Abu Turob Abdulboqiy ibn Yusuf ibn Ali al-Marog‘iy ash-Shofe’iy, Umar ibn Abdulaziz al-Fashshoniy, Abu-l-Hasan Muhammad ibn Muhammad ash-Shurayziy, Abu Sa’d Ahmad ibn Muhammad ibn al-Ab­bos al-Xatib al-Humaydiy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdussamad ibn Ahmad ibn Muso al-Javzoniy, Abu Ja’far Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Muallim at-Tusiy, Abu Tohir Muhammad ibn Ali ibn Muhammad ibn Ali az-Zarrod, Abu Bakr Ahmad ibn Abu Nasr al-Ko‘foniy, Abu Mansur Muhammad ibn Abdulmalik al-Muzaffariy as-Saraxsiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Fazl ibn Jaʼfar al-Xiraqiy, Abu-l-­Hasan Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Muzaffar ad-Dovudiy, Abu-l-Hasan Ali ibn al-Husayn ibn al-Hasan al-Qurayniniylar Abdulloh al-Bagʻaviyning ustozlari hisob­lanadi.

Shogirdlari

tahrir

O‘z navbatida, olim bir qator shogirdlar ham yetishtirgan bo‘lib, ular qatorida Abu Mansur Muhammad ibn As’ad ibn Muhammad (vafoti: 571/1175-yil), muhaddis Abu-l-Futuh Muhammad ibn Muhammad ibn Ali at-Toiy al-Hamazoniy (vafoti: 555/1160-yil), Abu-l-Makorim Fazlulloh ibn Muhammad an-Navqoniylarni sanash mumkin.

Asarlari

tahrir
  • "Maʼālim at-tanzӣl fi-t-taf­sӣr";
  • "Sharh as-sunna";
  • "Masābӣh";
  • "Jam’ bayna sahӣhayn";
  • "Anvār fӣ shamāil al-muxtār";
  • "Arbaʼӣn hadӣs";
  • "Majmu’a al-fatāvā";
  • "Tahzӣb fi-l-fiqh" va boshqalar[1].

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.