Abdulloh al-Xarroz
Abdulloh al-Xarroz (arabcha: عبد الله الخراز — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Xarroz ar-Roziy,?, Ray — 310/922,?) — ilk davr so‘fiylaridan.
Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Xarroz ar-Roziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 922-yil (hijriy 310-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | ilk davr soʻfiylaridan |
Ahli sunna val-jamoa olimlaridan. Tahsil olish uchun Bag‘dodga ko‘chib borgan. Junayd al-Bag‘dodiyning o‘zi, Boyazid Bistomiyning esa [murid]]lari bilan uchrashgan. Qisqa muddat Makkada yashagan. Muzaffar al-Kirmisiniy, Abu-l-Abbos ad-Diynavariy va Abu Abdulloh Muhammad al-Muqriylarning shayxi bo‘lgan Abdulloh al-Xarroz, futuvvat fikriga asoslangan ilk so‘fiylardan sanaladi. Ismining oxiridagi „al-Xarroz“ (poyabzal ustasi, kosib) laqabi qo‘l mehnati bilan tirikchilik qilganidan dalolat qiladi. Nisbasi va ismlaridagi o‘xshashlik tufayli ko‘pincha Abdulloh ar-Roziy bilan adashtiriladi.
Qarashlari
tahrirAbdulloh al-Xarroz uzlat fikriga badaniy uzlatdan ko‘ra farqliroq yondashgan va dunyoga nisbatan jismonan bo‘lganidek, aqlan va qalban ham uzlatda yashash kerakligi tushunchasini ilgari surgan. Voqelikda haqiqiy dindorlik dunyoviy va uxroviy hech qanday manfaat ko‘zlamasdan, butun borlig‘ini Allohga bag‘ishlashdan iboratligiga ishongan. Shu bois jannatning neʼmatlarini umid qilib toat-ibodat qilganlar bilan Allohni sevgani uchungina ibodat qilishga berilgan bandalarni teng bilmagan. Oddiy insoniy holatlar ham ibodat shuuri ichida bo‘lishi kerakligini taʼkidlagan. Abdulloh al-Xarrozning fikricha inson, Allohni tanish, unga yaqinlashish va unga yolvorish qobiliyatiga ega bo‘lish bilan birga, banda sifatida gardanidagi shukronalik qarzini to‘la-to‘kis ado etishdan ojizdir. Chunki Alloh abadiy bo‘lgani bois, unga abadiy shukr qilishni taqozo etadi.
Hadislari
tahrirHadis manbalariga ko‘ra, Abdulloh al-Xarroz ishonchli roviy hisoblanadi. Hadislarini Molik ibn Anas va uning darajasidagi olimlardan rivoyat qilgan. Abu Zur’a, Ahmad ibn Hanbal, al-Bag‘aviy va Muslimlar undan hadis rivoyat qilganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1952-53. V, 131;
- As-Sulamiy. Tabaqāt as-sӯfiyya. — Qohira: 1969. 288-290;
- Al-Qushayriy. Ar-Risāla. — Qohira: 1972-74. I, 171;
- Az-Zahabiy. Siyar. XVI, 427-428;
- Ash-Shaʼroniy. At-Tabaqāt al-kubrā. — Qohira: 1373/1954. I, 98;
- Al-Munoviy. Al-Kavākib ad-durriyya. — Qohira: 1357/1938. I, 255;
- Mustafa Bilgin. „Abdullah yel-Harrâz“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 105-106.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |