Abdulloh ibn Ali al-Kissiy
Abdulloh ibn Ali al-Kissiy roviy
Abdulloh ibn Ali al-Kissiy (arabcha: عبد الله بن علي الكسي – Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak al-Kissiy) – roviy.
Abdulloh ibn Ali al-Kissiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
1119-yil (hijriy 512-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | roviy |
Hayoti
tahrirAbdulloh ibn Ali al-Kissiy imom Abdulmajid ibn Yunus ibn Yusufdan hadislar rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Ali al-Kissiy, asosan, Samarqandda istiqomat qilgan va shu yerda vafot etgan[1]. Alloma saxiylik borasida tanilgan va bu borada quyidagi hadisni rivoyat qilgan: „Anas: „Rasululloh „Kimki och kishiga taom bersa yoki bir kishini kiyim bilan taʼminlasa yoxud musofir kishiga boshpana bersa, Alloh taolo uni qiyomat kunining dahshatlaridan xalos etadi“ – dedi“.
Adabiyotlar
tahrir- Sh. Umarov. Oʻrta asrlarda yashagan keshlik allomalar. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2014. 76;
- Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 191.
Manbalar
tahrir- ↑ Najmuddin an-Nasafiy. Samarqandiya. T.: «O‘zME DIN», 2001 — 84-bet.