Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr al-Kurashiy (arabcha: عبد الله بن عمرو بن العاص) — Muhammad paygʻambarning taniqli sahobalaridan biri, musulmon huquqshunosi (Fakih)[1].

Biografiya

tahrir

Toʻliq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn al-Os al-Qurashiy. Hijratdan 7 yil oldin Makkada tugʻilgan[2]. Otasi Amr ibn al-Os payg‘ambarning sahobalaridan bo‘lib, birinchi islom davlatining tashkil topishiga katta hissa qo‘shgan[3]. Abdulloh ibn Amr ko‘p vaqtini namoz va ro‘zaga bag‘ishlab, taqvodorligi bilan ajralib turgan. Islomni qabul qilgandan keyin musulmonlar va ularning dushmanlari oʻrtasida boʻlgan koʻplab janglarda qatnashgan[4][5].

Xalifalikdagi birinchi fuqarolar urushida otasi bilan birga xalifa Ali ibn Abu Tolibning muxoliflari tomonida boʻlgan. Siffin jangida ishtirok etmagani uning barcha voqealarga betarafligidan dalolat beradi. Abdulloh ibn Amr hech qachon musulmonlarga qarshi qurol ko‘tarmagan[4].

Abdulloh ibn Amr al-Os o‘z davrining eng bilimdon kishilaridan bo‘lib, muallimlik bilan shug‘ullangan. Nafaqat arab, balki ibroniy va Suryoniy tilini ham bilgan[4]. Muhammad payg‘ambarning hadislarini yaxshi bilgan va „as-Sahifa as-Sodiq“[6][7] nomli kitobida yozib qoldirgan. Muhammad payg‘ambarning ruxsati bilan hadis yozgan ilk sahobalardan[8][9]. Mashhur hadis roviylaridan biri Abu Hurayra roziyallohu anhu Abdulloh ibn Amrning payg‘ambar hayotini undan ko‘ra ko‘proq bilganligini aytdilar[10][11]. Abdulloh ibn Amrdan 700 ga yaqin hadis rivoyat qilingan[12].

Abdulloh ibn Amr Fustat shahrida (hozirgi Misr) 72 yoshida vafot etgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. https://islamdag.ru/lichnosti/55022
  2. Negahban F.
  3. https://islamdag.ru/lichnosti/55022
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Али-заде 2007.
  5. https://islamdag.ru/lichnosti/55022
  6. Schoeler, Gregor; James Edward Montgomery, Uwe Vagelpohl. The oral and the written in early Islam. Taylor & Francis, 2006 — 127-bet. ISBN 0-415-39495-3. 
  7. Gülen, Fethullah. The Messenger of God Muhammad: an analysis of the Prophet's life. Tughra Books, 2005 — 314-bet. ISBN 1-932099-83-2. 
  8. https://islamdag.ru/lichnosti/55022
  9. https://islamdag.ru/lichnosti/55022
  10. „Biography of Abdullah Ibn Amr ibn al-'As“. 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  11. An Introduction to the Conservation of Hadith (In the Light of Sahifah Hammam ibn Munabbih), Dr. Hamidullah, Islamic Book Trust, ISBN 978-983-9154-94-8
  12. https://islamdag.ru/lichnosti/55022