Abdulloh ibn al-Muteʼ

Abdulloh ibn al-Muteʼ tobeʼin

Abdulloh ibn al-Muteʼ (arabcha: عبد الله بن المطيع — Abdulloh ibn al-Muteʼ ibn al-Asvad ibn Horisa ibn Nazla ibn Avf ibn Ubayd ibn Adiy ibn Kaʼb ibn Luay ibn Gʻolib al-Madaniy al-Qurashiy al-Adaviy,?, Madina — 74/693, Makka) — tobeʼin.

Abdulloh ibn al-Mute’ ibn al-Asvad ibn Horisa ibn Nazla ibn Avf ibn Ubayd ibn Adiy ibn Ka’b ibn Luay ibn Gʻolib al-Madaniy al-Qurashiy al-Adaviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 693-yil (hijriy 74-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tobeʼin

Faoliyati

tahrir

Ilk siyosiy faoliyatini Muoviya davrida boshlagan Abdulloh ibn al-Muteʼ xalifaning Ziyodni Madinaga voliy etib tayinlashiga qarshi chiqqan. Uning bu ishidan umaviylar tarafdorlari norozi bo‘lganlar. Shu bois og‘ir ayblov va haqoratlarga uchragan. Yazid ibn Muoviyaga bay’at qildirish masalasi muhokama qilinayotganda Abdulloh ibn al-Muteʼ xalqni g‘alayonga boshlashidan xavotirlanib, Madinada qamoqqa olinadi, ammo Abdulloh ibn Umar boshchiligidagi Adiy qabilasi aʼzolarining jiddiy eʼtirozi tufayli qo‘yib yuboriladi. Abdulloh ibn al-Muteʼ Husaynni Kufaga borishdan voz kechirishga uringan bo‘lsa-da, ijobiy natijaga erisha olmagan. Yazidning xalifaligidan norozi bo‘lib, Madinani tark etishga qaror qiladi. Biroq, Ibn Umar birorta xalifaga bay’at qilmay o‘lganlar jaholatda dunyoni tark etgan hisoblanishini taʼkidlangan hadisni eslatgani sababli, Madinada qoladi va Yazidga qarshi ish olib borishda davom etadi. Xalqning bir qismini Makkada xalifaligini eʼlon qilgan Abdulloh ibn Zubayrga bay’at qilish­larini taʼminlagan. Harra voqeasida umaviylarga qarshi jang qilgan (683-yil). Abdulloh ibn al-Muteʼning Madinani mudofaa qilish paytida xalqni shijoatlantirish uchun aytgan xutbasi mashhurdir. Umaviylar Madinani qo‘lga kiritgach, Abdulloh ibn al-Muteʼ Ibn Zubayr­ning yoniga borib, Makkani qurshab olgan qo‘shinga qarshi kurashadi. 65/684-85-yil Ibn Zubayr tomonidan Kufaga voliy etib tayinlanadi. Kufa xalqini Ibn Zubayrga qayrab, Muhammad ibn Hanafiyyaga bay’at qilishga chorlagan Muxtor as-Saqafiyning faoliyati va o‘zi tayinlagan amiri-shurtaning xiyo­natidan xavotirlangach, Makkaga qaytadi (66/685-86-yil). Abdulloh ibn al-Muteʼ Hajjoj ibn Yusuf Makkani qurshovga olgan vaqtda yaralanib, Ibn Zubayrdan bir oz oldinroq vafot etgan.

Hadisi

tahrir

Otasi orqali rivoyat qilgan yagona hadisi Imom Muslimning „Sahӣh“i, Imom ad-Dorimiyning „Sunan“i va Ahmad ibn Hanbalning „Musnad“ida zikr qilingan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. V, 144-149;
  2. Xalifa ibn Xayyot. At-Tabaqāt. — Damashq: 1966-67. II, 589;
  3. Xalifa ibn Xayyot. Tarӣx. — Damashq: 1967-68. 289-290, 342;
  4. Ibn Qutayba. Al-Maʼārif. — Qohira: 1960. 395;
  5. Al-Balozuriy. Ansāb al-ashrāf. — Bayrut: 1979. I, 16, 276, 301-302, 307, 310, 319, 321, 324, 328, 333, 350, 352, 353, 441;
  6. At-Tabariy. Tarӣx. — Leyden: 1879-1901. II, 232-233, 289-290, 404-405, 413, 529, 598, 601-606, 609, 614, 617-621, 624, 634;
  7. Ibn al-­Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1285-87. III, 262;
  8. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1970-72. V, 25-27;
  9. K. V. Zetterstyeen. „Abdullah“. İA. I, 38;
  10. Mustafa Fayda. „Abdullah b. Mutî‘“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 122.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.