Abdurahmon ibn Avf jome masjidi

Abdurahmon ibn Avf jome masjidi — Buxoro viloyati Vobkent tumanida joylashgan masjid. Masjid imom-xatibi — Nodir Hakimov[1].

Masjid
Abdurahmon ibn Avf jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Vobkent tumani
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdulazizxon
Asosiy sana:
XVII asr
Soʻngi imom Nodir Hakimov
Maqomi Faoliyat ko'rsatmoqda
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Abdurahmon ibn Avf jomeʼ masjidi Buxoro viloyati Vobkent tumanining Shakarkent MFYga qarashli Ogʻare qishlogʻida joylashgan. Masjid qishloqdagi yirik masjidlardan biridir. Masjid hududida bir hovuz, toshquduq va 100 namozxonni sigʻdira oladigan masjid xonaqosi mavjud. Qabr oldida noyob Savr daraxti oʻsadi. Tarixiy adabiyotlarda yozilishicha, Abdurahmon ibn Avf masjidi 1645—1681-yillarda Buxoro xoni boʻlgan Abdulazizxon davrida barpo etilgan. Abdulazizxon hukmronlik davrida bir nechta madrasa va masjidlar qurdirgan. Shular qatoriga Buxoro shahrida joylashgan Abdulazizxon madrasasi, Vobkent shahri markazidagi Abdulazizxon jomeʼ masjidi va Abdurahmon ibn Avf jomeʼ masjididir. Masjid ichki qismidagi noyob minbar Abdulazizxon davridan qolgan osori-atiqalardan biri hisoblanadi. Minbar hozirgacha juda yaxshi holatda saqlangan va xizmat qilib turibdi. Sobiq shoʻrolar davrida masjidlar yopilgan paytlarda bu minbarni masjiddan olib chiqib tashlash uchun bir guruh odamlar kelgan. Ular minbarni tashqariga chiqarib tashlashga koʻp harakat qilishgan, eshiklarni buzib tashlashgan. Shu vaqtda bir ilohiy moʻjiza yuz berib, qattiq qoʻrqqan hollarida hammalari tashlab qochib ketishgan va boshqa qaytishmagan. Savr daraxtidan shifo talabida mahalliy aholi bir necha yillardan beri foydalanib keladi. Amir Olimxon davrida asli shu yerlik — Oqrabot qishlogʻida tavallud topgan Mullo Vaydullo masjidga imomlik qilgan. Mullo Vaydullo oʻsha vaqtda Mir Arab madrasasida mudarris boʻlgan. Undan soʻng, Mullo Shohnur birinchi jahon urushi yillarida masjid xizmatida boʻlganlar. 1989-yildan 2008-yilgacha Mullo Abdussalom masjid imomi boʻlgan boʻlsa, 2008-yildan boshlab 2014-yilga qadar Hakimov Nodirjon imomlik qilgan. 2015-yildan 2017-yilgacha Umar domla Shomurodov, 2018-yildan boshlab masjid bosh imom xatibi vazifasini Qorayev Erkin bajargan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Buxoro viloyati“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
  2. „“Abdurahmon ibn Avf” jome masjidi tarixi“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.