Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq
Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq ( arabcha: عبد الرحمن بن أبي بكر الصديق — Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq,? – 53/673, Hubshiy ) — sahoba, muhaddis.
Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 673-yil (hijriy 53-yil) Hubshiy |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba, muhaddis |
Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq Abu Bakrning o‘g‘li va Oyshaning tug‘ishgan inisidir. Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq Abu Abdulloh kunyasi bilan ham atalgan.
Urushlardagi ishtiroki
tahrirIslomning ilk davrlarida mushriklar safida Badr va Uhud g‘azotlarida musulmonlarga qarshi jang qilgan. Hudaybiya sulhi asnosida yoki yanada mashhur rivoyatga ko‘ra, Makka fathidan avvalroq musulmon bo‘lgan. Avvalgi ismi Abdulka’ba bo‘lib, bu ismni Payg‘ambar Abdurrahmon deb o‘zgartirganlar. Xaybar va undan keyingi g‘azotlarda ham ishtirok etgan.
Vado hajida Payg‘ambar taraflaridan Oysha bilan umra ibodatini bajarishga buyurilgan. Payg‘ambar xastalanganlarida ham yonlaridan hech ayrilmasdan xizmatlarida bo‘lgan. O‘q otish bo‘yicha mahoratli bo‘lgan Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq otasining xalifaligi davridagi dindan qaytish voqealarida Xolid ibn Valid qo‘shini safida jang qilgan. Ayniqsa, Bani Hanifa qabilasiga qarshi janglarda katta mahorat ko‘rsatgan. Umar davrida esa Shom fathida qatnashgan. Jamal voqeasida Oyshaning yonida turgan Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq Alini qo‘llab-quvvatlagan, shuningdek, Misr voliysi bo‘lgan ukasi Muhammadga qarshi yurish qilgan. Ukasining Muoviya ibn Xudayj tomonidan o‘ldirilishiga qarshilik qilmagan. Muoviya ibn Abu Sufyon o‘g‘li Yazidni valiahd etib tayinlashiga Husayn, Abdulloh ibn Zubayr va Abdulloh ibn Umarlar bilan birga qarshi chiqqan va unga bay’at qilmagan. Keyinroq bay’at qilishi uchun Muoviya tomonidan yuborilgan 100.000 dirhamni ham rad etib, Makkaga qaytgan.
Vafoti
tahrirQurayshning eng mohir kamonchilaridan biri bo‘lgan Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq Makkadan 6 mil uzoqlikda bo‘lgan Hubshiy degan joyda vafot etgan. Jasadi Makkaga keltirilib, shu yerda dafn etilgan.
Hadislari
tahrirAbdurrahmon ibn Abu Bakr as-Siddiqdan sakkizta hadis rivoyat qilingan bo‘lib, bularning uchtasi «Sahӣh al-Buxārӣ» va «Sahӣh Muslim»da, qolganlari esa, «Kutubi sitta»ning boshqalarida keltirilgan. Uning rivoyatlarini Ahmad ibn Hanbalning «Musnad» asarida ham ko‘rish mumkin[1].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. – London: 1965–66. I, 257; II, 695;
- Ibn Hishom. As-Sӣra. – Kohira: 1375/1955. I, 638; II, 352, 602;
- Ibn Qutayba. Al-Ma’rӯf. – Qohira: 1960. 174;
- Al-Balozuriy. Ansāb al-ashrāf. – Bayrut. 1979. I, 144–146;
- At-Tabariy. Tarӣx. – Leyden: 1879–1901. I, 1751, 1940, 1943, 1947, 1950, 3405; II, 84, 176–177, 196–197;
- Ibn Abdulbar. Istӣ’āb. – Qohira: 1969. II, 824–826;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. – Kohira: 1285–87. III, 304–306;
- Az-Zahabiy. Siyar. II, 471–473;
- Mustafa Fayda. «Abdurrahman b. Ebû Bekir es-Sıddîk». TDV İA. – İstanbul 1988. I, 159.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |