Abdurrahmon ibn Abzo
Abdurrahmon ibn Abzo (arabcha: عبد الرحمن بن أبزى — Abdurrahmon ibn Abzo al-Xuzoiy (?, Makka — 70/689,?) — sahoba.
Abdurrahmon ibn Abzo al-Xuzoiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 689-yil (hijriy 70-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Hayoti va faoliyati
tahrirManbalarda Abu Saʼid va Abu Abdulloh kunyalari bilan mashhur bo‘lgan.
Sahoba hisoblangan otasi ham u kabi Bani Xuzoaning ozod qilgan quli bo‘lgan. Qur’oni karimni chuqur bilgani sababli, xo‘jayini va Makka voliysi Nofe’ ibn Abdulhoris xalifa Umar bilan uchrashishga ketayotgan vaqtlari uni o‘z o‘rniga qoldirar edi. Buning sababini so‘ragan Umarga Nofeʼ: „U Makka xalqi ichida Qur’onni eng yaxshi o‘qiydigan va ilohiy buyruqlarni eng yaxshi biladigan kishidir“ deb, javob bergan. Abdurrahmon ibn Abzo Siffiynda Aliga bay’at qilgan sahobalardan. Keyinchalik, Ali uni Xurosonga voliy etib tayinlagan (658-yil). Biroq qancha muddat voliy bo‘lgani haqida maʼlumotlar kelmagan.
Ibn Hibbon Abdurrahmon ibn Abzo al-Xuzoiyni tobe’inlardan ekanini aytgan bo‘lsa, Imom al-Buxoriy va Abu Hotim kabi muhaddislar uni sahobalardan bo‘lganini maʼlum qilganlar. Hatto Abu Hotim Abdurrahmon ibn Abzo al-Xuzoiy Payg‘ambarning orqalarida namoz o‘qiganini qayd etgan. Rasululloh tomonlaridan tarqatilgan o‘ljalardan ulush olgani haqidagi o‘zining rivoyati ham buni tasdiqlaydi.
Hadislari
tahrirTo‘g‘ridan-to‘g‘ri Payg‘ambardan rivoyat qilgan hadislaridan tashqari, Abu Bakr, Umar, Ali, Ammor, Ubay ibn Ka’b kabi buyuk sahobalardan naql qilgan rivoyatlari ham „Kutubi sitta“dan o‘rin olgan. Uning o‘zidan esa, o‘g‘illari Saʼid va Abdulloh, xossatan Shaʼbiy, Abu Ishoq as-Sabiiy va boshqa tobeʼinlar hadis rivoyat qilganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. V, 462;
- Musnad. III, 406-407; V, 122-125;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod.: 1360-80/1941-60, — Diyorbakr: V, 245;
- Muslim. „Salāt al-musofirӣn“. 269;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53, — Bayrut: „Dor al-kutub al-’ilmiyya“. V, 209;
- Az-Zahabiy. Siyar. III, 201-202;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. IV, 149.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |