Abdusalim Dehqonboyev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abdusalim Dehqonboyev (1906.26.10, Ashirqozi qishlogʻi, Fargʻona viloyati — 1943.8.10, Derajichi) — Ikkinchi jahon urushi qahramoni. Jamoa xoʻjaligi raisi boʻlib ishlagan. 1943-yildan frontda, 467-oʻqchi polki (Markaziy front 61-armiyaning 81-oʻqchi diviziyasi) oʻqchisi. Dehqonboyev Gomel viloyatining Loyev tumanidagi Glushets qishlogʻida boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan.
Abdusalim Dehqonboyev | |
---|---|
Tavalludi |
26-oktyabr 1906-yil Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati |
Vafoti |
8-oktyabr 1943-yil (36 yosh) Loevskiy tumani, Gomel viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Qoʻshin turlari | Piyoda askarlar |
Xizmatdagi yillari | 1943 |
Unvoni | |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Tarjimai holi
tahrirAbdusalim Dehqonboyev 1906-yil 26-oktabrda O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida Ashirqo‘zi (hozirgi Uchko‘prik tumani) qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Toʻliq boʻlmagan oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan, keyin kolxoz raisi boʻlib ishlagan. 1943-yilda Dehqonboyev ishchi va dehqonlardan tarkib topgan Sovet Armiyasi safiga chaqirildi. Oʻsha yildan — Ulugʻ Vatan urushi frontlarida Markaziy frontning 467- oʻqchi piyoda polki, 81- oʻqchi piyoda diviziyasi, 29- oʻqchi piyodalar korpusi, 61- armiya oʻqchisi boʻlgan. Abdusalim Dehqonboyev Dnepr uchun boʻlayotgan jangda boshqa askarlardan ajralib turgan[1].
Abdusalim Dehqonboyev 1-oktyabr kuni desant guruhi tarkibida, dushmanning shiddatli hujumiga qaramay, Belorussiya SSR Gomel viloyati, Loevskiy tumani Glushets qishlog‘i yaqinida Dneprni kesib o‘tdi va uning g‘arbiy qismida joylashgan ko‘prigini egallab olish va hududni ushlab turishda faol ishtirok etdi. Guruh dushmanning 10 dan ortiq qarshi hujumlarini qaytarishga muvaffaq boʻldi. O‘sha janglarda Abdusalim Dehqonboyev shaxsan o‘zi bir vzvoddan ko‘proq nemis askar va ofitserlarini yo‘q qildi.
Abdusalim dehqonboyev 1943-yil 8-oktabrda boʻlgan jangda halok boʻlgan. Loyevskiy tumani Derajichi qishlogʻidagi ommaviy qabristonga dafn etilgan. Vafotidan keyin 1944-yil 15-yanvarda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Tugʻilgan qishlogʻida yodgorlik oʻrnatilgan; Fargʻona viloyatidagi maktablardan biri uning nomi bilan yuritiladi.[2]
Mukofotlari
tahrirSSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi „Qizil Armiya generallari, ofitserlari, serjantlari va oddiy askarlariga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi farmoni bilan „jangovar topshiriqlarni namunali bajarganliklari uchun“ Dnepr daryosini bosib oʻtganligi va mardlik hamda qahramonlik koʻrsatgan qoʻmondonligi" uchun Qizil Armiya askari Abdusalim Dehqonboyev vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, Abdusalim Dehqonboyev vafotidan soʻng Lenin ordeni bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Абдусалим Дехканбаев“. Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 yanvar (№ 4 (264)). — С. 1.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |