Abdushukurboy madrasasi
Abdushukurboy madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Abdushukurboy madrasasi 1892-yilda Azizon guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Abdulahadxon davrida, Abdushukurboy tomonidan bunyod etilgan. Madrasa toʻgʻrisida bir qator manbalarda maʼlumotlar uchraydi. Fitrat maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasaning yillik vaqf mablagʻi yigirma besh ming tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida madrasa Azizon alayhi rahma guzarida, ashtarxoniy hukmdor Abdulazizxonning Zargaron madrasasi sharqiy tomonida pishiq gʻisht va ganchdan bunyod etilgan. Madrasa hujralar, masjid va darsxonadan iborat boʻlgan. Madrasa gʻarbida Zargaron madrasasi, sharq va shimolida koʻcha, janubida Abdushukurboy va bohqa kishilarning hovlisi mavjud boʻlgan. Voqif madrasa shimolidagi 7 ta doʻkonni va Qorakoʻl tumanidagi Tuzotli qishlogʻidagi 300 tanob xurri xolis yerini vaqf qilgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Undan soʻng avlodlari ushbu vazifani bajarishgan. Madrasa vaqf hujjati Buxoro amiri Amir Abdulahadxon davrida hijriy 1310-yil jumad ul-avval oyida (1892-yil dekabr) madrasa qurib boʻlganidan soʻng tuzilgan. Madrasa vaqf hujjatlarining yana bir nusxasi saqlanib qolgan. Bundan tashqari madrasa faoliyati bilan bogʻliq yana toʻrtta hujjat ham mavjud. Ushbu madrasa mudarrislari maoshi 25 tillani tashkil etgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 39 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Abdushukurboy madrasasi 35 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Abdushukurboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Abdushukurboy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdushukurboy |
Asosiy sana: 1892-yil
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 35 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.