Abiyda as-Salmoniy
Abiyda as-Salmoniy (arabcha: عبيدة السلماني) – faqih, tobeʼin.
Abiyda as-Salmoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 691-yil (hijriy 72-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, tobeʼin |
Hayoti
tahrirAsli yamanlik boʻlib, Murod qabilasining Salmon urugʻiga nisbatan as-Salmoniy deyilgan. Islomga kirishidan oldin ham qabilasi orasida yuqori mavqega ega boʻlib, qabilasining orifi sanalgan. Makka fathi asnosida musulmon boʻlgan, biroq paygʻambar bilan uchrasha olmagan. Umar davrida Madinaga kelgan, keyinchalik u yerdan Kufaga koʻchib oʻtgan. Koʻpgina gʻazotlarda ishtirok etgan. Ali va xorijiylar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jangda ham qatnashgan. Sahobalarning koʻpi bilan koʻrishgan. Umar, Ali, Abdulloh ibn Mas’ud va Abdulloh ibn Zubayrlardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Muhammad ibn Siriyn, Shaʼbiy, Ibrohim an-Naxaʼiy va Abu Ishoq as-Sabiiy singari oʻsha davrning mashhur olimlari hadis rivoyat qilganlar.
Hadis munaqqidlari tomonidan ishonchli va rivoyatlari eng sahih isnodlardan, deb eʼtirof etilgan. Abiyda as-Salmoniyning fiqh va qiroatdagi ustozi Abdulloh ibn Mas’uddir. Oʻzi esa baʼzi olimlar fikricha Kufaning toʻrtta mashhur faqihlari (Abiyda, Horis, Alqama va Shurayh)ning eng ustuni hisoblangan. Manbalarda Shurayh oʻzi yecha olmagan ayrim masalalarda Abiyda as-Salmoniy bilan maslahatlashib, keyin fatvo bergani haqida maʼlumotlar keladi[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1388/1968. VI, 93-95;
- Ali ibn al-Madiniy. Ilal al-hadӣs. – Halab: 1400/1980. 44;
- Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1390-93/1970-73. III, 552;
- Ibn al-Asir. Al-Lubāb. – Qohira: 1357-69. – Bayrut: II, 127;
- An-Navaviy. Tahzӣb al-asmā. – Bayrut: I, 317;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Haydarobod: 1375-77/1955-58. – Bayrut: I, 50;
- Az-Zahabiy. Siyar. IV, 40-45;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VII, 84-85;
- Mustafa Uzunpostalci. „Abîde es-Selmânî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 309-310.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |