Abramov muzligi — Olay tizmasining jan. yon bagʻridagi muzlik. Koʻksuv (Kizilsuvning irmogʻi) havzasida. Maydoni 22,8 km², uz. 10 km. Muzlikning toʻyinish havzasi keng muz hosil boʻlish mintaqasi — sirkdan iborat. Muzlik 4960 m ba-landlikdan boshlanib, muzlik tili 3600 m balandlikkacha tushadi. Abramov muzligining eng qalin joyi 160 — 170 m, oʻrtacha qalinligi 110 m. Muzlik tilining harakat tezligi sutkasiga 20 — 30 sm, lekin har 10-11 yilda bir marta muzlik tilining harakati sutkasiga 2 m ga yetadi. 1972 — 73 yillarda muzlik tilining quyi qismi 625 m ga surilgan. Abramov muzligida 19-asr oxiridan muntazam tadqiqot ishlari olib borilmoqda.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abramov muzligi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil