Abu Bakr Ishtihoniy

Abu Bakr Ishtihoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 991-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih

Toʻliq ismi — Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Matto Ishtixoniy. Abu Bakr Ishtixoniy 294/906 yil Ishtixonda tavallud topgan. U fiqh va taniqli roviy boʻlgan. Imom Buxoriyning shogirdi Firabriydan „Sahih al-Buxoriy“ hadislar toʻplamini oʻrganib, undagi hadislarni rivoyat qilish va dars berish uchun ijozat olgan. Movarounnahr va qoʻshni oʻlkalardagi koʻplab ilmi toliblar Ishtixonga kelib hadis va fiqh boʻyicha Abu Bakr Ishtixoniydan dars olgan. Jumladan, Abu Komil Basriy, Abu Saʼd Idrisiy, Ali ibn Suxtam Samarqandiy va faqih Abu Nasr Dovudiylar. X asrning oʻrtalarida Ishtixonda hadisshunoslik maktabini shakillanishida uning xizmatlari katta boʻlgan. Abu Bakr Ishtixoniy hijriy 381/991-yil, Rajab (sentyabr) oyida Ishtixonda vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Қаранг: Абулҳасан Али ибн Муҳаммад Шайбоний Жазарий. Ал-лубоб фи таҳзиб ал-ансоб. – Байрут, 1980. – Б. 63; Абдулкарим Самъоний. Ансоб. Ж. 1. – Байрут, 1998. – Б. 163; Абу Абдуллоҳ Ёқут Ҳамавий. Муъжам ал-булдон. Ж. 1. – Байрут, 1979. – Б.370.