Abu Bakr Kuluiy Naddof
Abu Bakr Kuluiy (Kalaviy) Naddof (? — 1366) — hunarmand (jun tituvchilar oqsoqoli, jun tituvchi — naddof), 1365 — 66 yillarda moʻgʻul bosqinchilariga qarshi Samarqandda koʻtarilgan sarbadorlar qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri. Qoʻzgʻolon Moʻgʻuliston xoni Ilyosxoʻja 1365 — 66 yillarda Movarounnahrga hujum qilgan davrda boshlandi. Qoʻzgʻolon rahbari Mavlonozoda va A. B. K. N. Samarqand amiri qochib ketgach, shahar mudofa-asini oʻz qoʻllariga olib, fuqaroni qurollantirganlar va moʻgʻullar hujumini qaytarganlar. Shundan soʻng sarbadorlarning bevosita ishtirokida shahar aholisini talash va zoʻravonlik boshlangan. Amir Husayn Samarqandga yurish qilib, Konigilda sarbadorlar boshliqlari ustidan shar’iy sud jarayoni oʻtkazib, A. B. K. N.ni oʻlimga mahkum etgan.[1]
Manbalar Tahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |