Moʻgʻuliston (qadimgi davlat)

Moʻgʻuliston (Moʻgʻul xonligi) (forschada: مغولستان Moqulestân/Moġūlistān), shuningdek Sharqiy Chigʻatoy ulusi ham deyilgan (xitoycha: 东察合台汗国 / 東察合台汗國 Dōng Chágětái Hánguó) — 1348-yilda Chigʻatoy ulusining parchalanishi natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasi qaragan. Moʻgʻul hukmdorlari va mulkdorlari oʻrtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga ikki xil qarash mavjud boʻlib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori boʻlsa (Oʻqtoyxon, Munkexon, Chigʻatoy ulusi hukmdorlaridan Muborakshoh, Baroqxon, Kebekxon va boshqalar), yana bir boshqa guruh oʻtroqlik va shahar hayotiga tamoman qarshi boʻlib, koʻchmanchilik anʼanalariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qalʼalarga tayanib, moʻgʻullarga qarshi kurash markaziga aylanib qoladi, deb hisoblardilar), ekinzorlar va bogʻrogʻlarni oʻtlovlarga aylantirish tarafdorlari (Xaydu, Durra Temur, Buzan va boshqalar) edilar.

Моголистан
chigʻatoycha: Moġūlistān
forscha: مغولستان

[[Chigʻatoy ulusi|]]
1347-yilda — 1570-yilda




Moʻgʻuliston davlati hududi Chigʻatoy ulusi hududiga toʻgʻri keladi
Poytaxti Oqsu
Olmaliq (oʻrta asrlardagi shahar)
Qoshgʻar
Turfon
Til(lar)i moʻgʻul tili (oʻrta asrlardagi shakli) (daslabki davrda)[1]
chigʻatoy tili
Dini tangrichilik
islom (sunniylik mazhabi)
Aholisi koʻchmanchi turk-moʻgʻul qabilalari, oʻtroq turkiy hamda eroniy xalqlar
Boshqaruv shakli monarxiya
Sulola Tugʻluq Temuriylar
Xonlar:
 - 1347-1363-yillarda Tugʻluq Temur
 - 1363-1390-yillarda Qamariddin
 - 1390-1399-yillarda Xizrxoʻja
 - 1399-1408-yillarda Shamʼi Jahon
 - 1408-1416-yillarda Muqammadxon
 - 1416-1418-yillarda Naqshi Jaqon
 - 1418-1421-yillarda
1425-1428
Vaysxon
 - 1421-1425-yillarda Shermuhammadxon
 - 1428-1462-yillarda Esonbuqa
 - 1462-1487-yillarda Yunusxon
 - 1487-1508-yillarda Mahmudxon
Meros boʻlib oʻtishi
Chigʻatoy ulusi
Yorkend xonligi
Turfon xonligi

Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shimoli-sharqiy qismida qolgan turk va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalar esa chigʻatoylar nomi bilan mashhur boʻldi. Moʻgʻullar Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalarni qoraunas (duragay), ular esa moʻgʻullarni jete (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348-yilda chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarildi. Tugʻluq Temur vafotidan (1363) soʻng, Amir Qamariddin hokimiyatni qoʻlga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida Moʻgʻulistonga Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida oʻz hukmronligini oʻrnatgan Amir Temur 7-marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qoʻshin tortgan. Qamariddin Temur qoʻshinlarining taʼqibi ostida bir qism navkari bilan shimolga qochib ketdi. Taxtga Xizrxoʻja oʻtirdi. Xizrxoʻja Temurning Eron va Iroq yurishlarida band boʻlganligidan foydalanib, Moʻgʻulistonda tartib oʻrnatish va markaziy hukumatni mustaqkamlashga muvaffaq boʻldi, keyinchalik (1397) u bilan qarindosh boʻlib (Temurga qizi Tuman ogʻo begimni bergan), oʻz mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxoʻja vafotidan soʻng uning oʻgʻli Shamʼi Jaqon hokimiyatni qoʻlga oldi (1399).

1408-yili Shamʼi Jahon vafot etgach, taxtga ukasi Muhammadxon koʻtarildi. Muhammadxon davrida Movarounnahr qoʻshinlari Qashqarni egallaganlar (1416). Muhammadxondan keyin taxtga oʻtirgan Shamʼi Jahonning oʻgʻli Naqshi Jahon Xitoy va Temuriylar saltanati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash yoʻli bilan Moʻgʻuliston birligini saqlab qolmoqchi boʻldi. Lekin, u 1418-yil boshlarida Sheralining oʻgʻli Vaysxon tomonidan oʻldirildi. Vaysxon hukmronligi yillarida mulkdorlar orasida kurash yanada kuchaydi. Mulkdorlarning bir guruhi Vaysxon, yana bir guruhi Muhammadxonning oʻgʻli Shermuhammadxon atrofida uyushgan edi. Bu kurashda Vaysxon va uning tarafdorlarining qoʻli baland keldi. Shermuhammadxon Samarqandga qochib ketdi va 1421-yil uning yordami bilan hokimiyatni Vaysxondan tortib oldi. Lekin oradan 3—4 yil oʻtgach, u Ulugʻbek hukumatiga boʻysunmay qoʻydi. Natijada 1425-yil Ulugʻbek katta qoʻshin bilan Moʻgʻulistonga yurish qilib, hokimiyatni Vaysxonga topshirdi. Ana shu yili Qashqar Moʻgʻulistondan ajratilib, Samarqandga boʻysundirildi. Vaysxon vafotidan soʻng uning 2 oʻgʻli: Yunusxon va Esonbuqa oʻrtasidagi toj-taxt uchun kurashda Esonbuqa gʻolib chiqdi. Yunusxon Samarqandga qochib ketdi. Esonbuqa Moʻgʻulistondagi tarqoqlikka barham berdi, uning chegaralarini mustahkamladi. Esonbuqa vafot etgach, Yunusxon temuriy Abu Saʼid yordami bilan taxtga oʻtirdi. Abu Saʼid vafotidan soʻng, Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foydalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va Andijon hokimi Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) kuyov qilib Sayram, Toshkent va Oʻsh viloyatini oʻziga boʻysundirib oldi. Yunusxon vafotidan soʻng, xon qilib koʻtarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina Moʻgʻulistonning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mamlakat mayda-mayda qismlarga boʻlinib ketgan edi. Masalan, Oqsuv, Qorashahar va Turfonda Sulton Ahmadxon, Chu va Qoʻziboshida qozoq sultonlari, Yettisuvda Muhammad qirgʻiz mustaqil hukmdor edilar.

Manbalar tahrir

  1. Григорьев А. П.. Монгольская дипломатика XIII—XV вв: чингизидские жалованные грамоты. Ленинград: Изд-во Ленинградкого университета, 1978 — 12 bet.