Husayn ibn Musallab, Amir Husayn (?— 1370) — Amir Kaza-/okning nabirasi. Balx, Hisori Shodmon va Badaxshon viloyatlari hukmdo-ri. Ajdodlari hukmronlik qilgan Movarounnahr taxtiga daʼvogarlik qilgan. Avvaliga Amir Temur bilan it-tifoqtuzgan va singlisi Oʻljoy turkon ogʻoni Sohibqironga nikohlab bergan. Husayn ibn Musallab va Amir Temur 1363–1364-yil Ilyosxoja boshliq Jete lashkarini Qamashi tumanidagi Tosh-qoʻrgʻon qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda magʻlub etadi. Ammo 1365 yil Toshkent va Chinoz oraligʻida Jete lashkari bilan boʻlgan Jangi loydagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Husayn ibn Musallab va Sohibqiron oʻrtasida munosabat buziladi. 1370-yilga qadar Amir temurning Movarounnahrni markazlashtirilgan davlatga aylantirish yoʻlidagi saʼy harakatlarida asosiy toʻsiq boʻlgan. 1370-yil Balx shahri boʻsagʻasida boʻlgan jangʻda Sohibqiron H. ibn M.ning qoʻshinini tor-mor etadi va uni asirga olib qatl etadi. Husayn ibn Musallab Balx shahrining sharqiy tomonidagi Xoja Ukkosha qabristoniga dafn qilingan.

Adabiyot

tahrir
  • Nizomiddin Shomiy. Zafargʻyuma, T., 1996; Sharafudlin Ali Yaz-diy, Zafarnoma, T., 1997.