Abu Bakr al-Ishtixoniy
Abu Bakr al-Ishtixoniy (arabcha: أبو بكر الإشتخاني — Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Matto al-Ishtixoniy) — roviy.
Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Matto al-Ishtixoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 906-yil (hijriy 293-yil) |
Vafoti |
milodiy 991-yil (hijriy 381-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | roviy |
Abu Bakr al-Ishtixoniy nihoyatda kuchli bilim, yuksak maʼnaviyat, fiqh ilmi borasida keng tafakkurga va o‘z zamonasining taniqli hadis roviylaridan bo‘lgan. Abu Bakr al-Ishtixoniy Imom al-Buxoriyning „Al-Jāmi’ as-sahӣh“ hadislar to‘plamini mukammal o‘rganib, undan rivoyat qilish va dars berishga ijozat olgan.
Allomadan Abu Komil al-Basriy, Abu Saʼd al-Idrisiy, Ali ibn Suxtam as-Samarqandiy va faqih Abu Nasr ad-Dovudiy kabi bir qancha olimlar hadis o‘rganganlar.
Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad al-Jazariyning „Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb“ kitobida keltirilishicha, alloma Abu Bakr al-Ishtixoniy 991-yil (hijriy 381-rajab oyida 87 yoshida Ishtixonda vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Az-Zahabiy. Siyar. XVI, 521;
- Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ash-Shayboniy al-Jazariy. Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb. 63;
- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. I, 163;
- Yoqut. Mu’jam. I, 370;
- Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 20;
- O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 159.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |