Abu Hafs Kabir koʻchasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abu Hafs Kabir (Afrosiyob) koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Abu Hafs Kabir nomi bilan bogʻliq. Abu Hafs Kabir Buxoriy (767—832) fiqh, ilohiyotchi olim, islom huquqshunosligining bilimdonlaridan biri. U Buxoroning „Dari haqrah“ mahallasida tavallud topgan. Abu Hafs Kabir Buxoriy Bagʻdodga borib, fiqhshunos Husayn Shayboniyga shogird turgan. Uning ilohiyot nazariyasi sohasidagi xizmatlari evaziga Buxoro shahri „Qubbat ul-islom“ unvonini olgan[1]. Abu Hanifa taʼlimotini rivojlantirib, sunniy mazhab amaliyotini mahalliy urf-odatlarga moslagan va uygʻunlashtirgan holda uning rivojiga katta hissa qoʻshgan. Abu Hafs Kabir toʻgʻrisida Mu’ini Faqiriyning „Kitobi Mullozoda“, Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarlarida maʼlumotlar keltirilgan. Manbalarda qayd etilishicha, Abu Hafs Kabir bir kecha-kunduzda Qur’oni Karimni ikki marta xatm qilgan. Abu Hafs Kabir „hojatbaror“ taxallusi bilan ham xalq orasida mashhur boʻlgan. Uning mozori tomonga yoʻnaltirilgan Buxoro shahristoni darvozasi „Haqrah“ deb nomlangan. Abu Hafs Kabirga Buxoro hukmdori Muhammad Tolutning hurmati baland boʻlgan[2].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Avvalgi nomlari | Afrosiyob koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Abu Hafs Kabir |
Manbalar
tahrir- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.