Abu Jaʼfar Muslim
Abu Jaʼfar Muslim ibn Ubaydulloh al-Husayniy (arabcha: أبو جعفر مسلم الحسيني) (976 yoki 977-yillarda vafot etgan) Husayniylar avlodida boʻlib oxirgi Ixshidiylar sulolasi va ilk Fotimiylar xalifaligi davrida Misrdagi ashraf oilasining eng koʻzga koʻringan aʼzosi edi. Uning oʻgʻli Tohir ibn Muslim Madina sharifini tuzgan.
Abu Jaʼfar Muslim arabcha: أبو جعفر مسلم الحسيني | |
---|---|
Vafoti | 976 yoki 977 |
Dini | Islom |
Bolalari | Tohir ibn Muslim |
Qarindoshlari |
Abulhusayn Iso (ukasi) Abu Muhammad Abdulloh (ukasi, Ohu Muslim nomi bilan mashhur boʻlgan) |
Oilasi
tahrirAbu Jaʼfar Muslim Karbalo jangida Husaynning vafotidan keyin Husayn ibn Alining avlodi — Madinada qoʻnim topgan shia imomi Ali ibn Husayn Zayn al-Obidin[lower-alpha 1][2][3] avlodidan boʻlgan. U yerda Husayniylar eng koʻzga koʻringan mahalliy oilaga aylangan, X asr boshlarida esa ularning bir qismi Misrga koʻchib ketgan[2].
Abu Jaʼfarning Abulhusayn Iso va Ohu Muslim nomi bilan mashhur Abu Muhammad Abdulloh ismli ikki nafar ukasi boʻlgan. Abu Muhammad Abdulloh harbiy jihatdan katta tajribaga ega boʻlib, ixshidiylar qoʻmondoni Abu al-Misk Kafur unga qoʻshin boshqaruvini ishonib topshirgan[4]. Oxu Muslim keyinchalik qarmalarga[4] qoʻshilib, umrining soʻngiga qadar Fotimiylarning ashaddiy dushmani boʻlib qolgan[4]. Oxu Muslim 974-yilda vafot etgan.
Ixshidiylar davrida
tahrirMisrda Kafur hukmronligi davrida Abu Jaʼfar ashraf boshligʻi hisoblangan[4][5]. U nihoyatda bilimli, madaniyatli shaxs boʻlib, uning hadislar rivoyat qilganligi ham aytiladi[4].
968-yilning aprel oyida Kafurning vafotidan keyingi notinch davrda Abu Jaʼfar yaqin doʻsti[4] — vazir, olim, oʻta taqvodor shaxs, ashraf homiysi Jaʼfar ibn al-Furot hamda boshqa guruhlar oʻrtasida hokimiyat taqsimoti boʻyicha kelishuvga erishish masalalarida vositachilik qilgan[4].
Fotimiylar davrida
tahrirFotimiylar Misrni zabt etgan paytda Abu Jaʼfar fustatlik zodagonlar delegatsiyasiga boshchilik qilgan, delegatsiya Misrni unga topshirish va kafillik varaqasini (amān) olish toʻgʻrisida muzokaralar olib borish maqsadida fotimiylar qoʻmondoni Javhar bilan uchrashishgan[3][5]. Ixshidiylar qoʻshinlari Fotimiylarning yurishiga qisqa muddat davomida qarshilik koʻrsatgach, amān bekor qilingan, shu sababli Abu Jaʼfarga uning yangilanishini taʼminlashga erishish uchun Javharga yaqinlashish vazifasi yuklangan. Javhar ushbu taklifga rozi boʻlgan va Abu Jaʼfar Muslimga uning nomidan oʻzi xohlaganicha shaxsiy amān varaqlarini chiqarish huquqini ham bergan[5][3].
Abu Jaʼfar Hijozdagi aloqalarini saqlab qolgan holda Madinada ham maʼlum bir hokimiyatga ega boʻlgan. 969 yoki 970-yillarda Fotimiylar xalifasi al-Muiz Lidinulloh nomidan xutba oʻqilishi bilan madinalik Husayniylar Fotimiylarga yaqinlashgan va Makka ustidan ham oʻz nazoratlarini oʻrnatishlarida ularga yordam berishgan[2].
973-yilda al-Muiz oʻz saroyini Ifriqiyadan Misrga koʻchirganida Abu Jaʼfar Qohira safarining soʻnggi qismida u bilan uchrashish va unga hamrohlik qilish maqsadida koʻzga koʻringan kishilardan iborat delegatsiyasi boshchiligida Iskandariyaga borgan[2][4]. Fotimiylar hukmdori Abu Jaʼfarga alohida eʼtibor koʻrsatgan[4]. Al-Muiz Misrga kelganidan keyin Javharning ashraf joylashtirish siyosatini davom ettirgan[5].
Nasli
tahrirAbu Jaʼfar Muslimning oʻlimidan koʻp oʻtmay oʻgʻli Tohir ibn Muslim Madinaga qaytib kelgan va u yerda shaharning ashraf boshligʻi sifatida tanilib, birinchi Husayniy amiri (shuningdek, shariflar deb ham ataladi) boʻlgan[2].
Eslatmalar
tahrir- ↑ Uning toʻliq nasabi Jamoliddin Ahmad ibn Ali al-Hasaniy tomonidan „Abu Jaʼfar Muslim ibn Ubaydulloh ibn Tohir ibn Yahyo ibn al-Hasan ibn Jaʼfar ibn Ubaydulloh ibn al-Husayn al-Asgʻar ibn Ali Zayn al-Obidin ibn al-Husayn ibn Ali“ deb berilgan. Garchi al-Qalqashandiy uning otasining ismini al-Hasan deb ko‘rsatgan boʻlsa-da, Ibn Xaldun va Ibn Tag‘ribirdiydagi havolalar ushbu maʼlumotni tasdiqlaydi[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Bianquis, Thierry (1972). "La prise de pouvoir par les Fatimides en Égypte (357‑363/968‑974) [The Seizure of Power by the Fatimids in Egypt (357–363/968–974)]" (fr). Annales islamologiques XI: 49–108. ISSN 0570-1716.
- Halm, Heinz. Das Reich des Mahdi: Der Aufstieg der Fatimiden (de). Munich: C. H. Beck, 1991. ISBN 3-406-35497-1.
- Lev, Yaacov (1979). "The Fāṭimid Conquest of Egypt — Military Political and Social Aspects". Israel Oriental Studies 9: 315–328. ISSN 0334-4401.
- Mortel, Richard T. (1991). "The Origins and Early History of the Husaynid Amirate of Madīna to the End of the Ayyūbid Period". Studia Islamica 74: 63–78. doi:10.2307/1595897.