Abu Said Aʼrobiy, Ahmad bin Muhammad (vafoti: 932–933) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi, olim va faqih. Basrada tugʻilib, Makkada yashagan, Masjid ul-Haramning imomi boʻlgan. Tavhid va tasavvufga oid kitoblar yozgan. Junayd Bagʻdodiy, Amr bin Usmon Makkiy, Abulhusayn Nuriy, Hasan Masuhiy, Abu Jaʼfar Haffor, Abulfath Hammol suhbatidan bahramand boʻlgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.