Abulloh al-Marvaziy

Muhaddis, hofiz va faqih

Abdulloh ibn Muhammad ibn Iso al-Marvaziy (Abu Muhammad) — muhaddis, hofiz va faqih bo‘lgan. U milodiy 835-yil (hijriy 220-yil) Arafa kechasi tavallud topgan. Misrda bir qancha muddat yashagan, so‘ngra u yerdan ketgan. Xurosonda shofiʼiy mazhabining targ‘ibotchisi bo‘lgan. Fatvolar chiqarishda ham mazkur mazhab arkonlariga tayangan.

Abulloh al-Marvaziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 835-yil (hijriy 220-yil)
Vafoti milodiy 906-yil (hijriy 293-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, hofiz va faqih

Abulloh al-Marvaziy milodiy 906-yil (hijriy 293-yil) Arafa kechasi Marvda vafot etgan[1].

Asarlari tahrir

  • 100 jildli „al-Maʼrifa“ („Bilish“),
  • „Kitobu-l-muvatto“ („Osonlashtirilgan to‘plam“)

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 17 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.