Achchiqkoʻl — Sirdaryoning chap sohilidagi koʻl (Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida). Achchiqkoʻl bahor va yoz oylarida toshqin suvlarining toʻplanib qolishidan hosil boʻlgan. Koʻl sohili qumloq. Janubi-gʻarbiy sohili ekinzor. Suv sathi bahor-yoz oylarida koʻtarilib, kuz-qishda pasayadi. Achchiqkoʻlga ekin maydonlaridan oqova va kollektor suvlari quyiladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil