Actaea arizonica — Arizona bugbane nomi bilan maʼlum boʻlgan moychechak oilasiga mansub gullaydigan oʻsimlik turi. U Qoʻshma Shtatlardagi Arizona shtati uchun endemik boʻlib, u yerda Kokonino, Gila va Yavapay okruglarida uchraydi[1]. Actaea jinsidagi baʼzi boshqa turlar singari, bu oʻsimlik ilgari Cimicifuga jinsiga kiritilgan[1][2].

Actaea arizonica
Muhofaza qilish holati


Havf ostidalik holati
Ilmiy klassifikatsiya edit
Vakillik O'simliklar
Sistematika: Tracheophytes
Sistematika: Angiosperms
Sistematika Eudicots
Oila: Ranunculaceae
Gen: Actaea
Turlar:
A. arazonica
Binomial nomi
Actaea arazonica

Boshqa nomi

Cimicifuga arizonica

Bu ildizpoyali koʻp yillik oʻt 1,5 [3] dan 2 metrgacha boʻlgan tuksiz poyalarni hosil qiladi. Barglarning har biri uzunligi 17,5 sm gacha, kengligi 12,5 sm gacha boʻlgan uch boʻlakli, tishli yaproqardan iborat. Ular uzunligi 35 santimetrgacha boʻlgan uzun barg kurtaklarilarda paydo boʻladi Toʻpgul — bir necha uzun shoxlari boʻlgan, tik yoki suyanib oʻsadigan roʻvakdan iborat. Gullarida beshta gulbarg bolib, ulardan ikkitasi yashil va uchtasi qaymoq rangda. Baʼzan oq gulbarglar ham boladi, lekin bu holat juda kam uchraydi[3]. Gullash iyul va avgust oylarida sodir boʻladi. Gullar uch turdagi bumblebee, jumladan,Bombus occidentalis, Bombus morrisoni va Bombus huntii tomonidan changlatilinadi. Agar gullar hasharotlar tomonidan changlanmagan boʻlsa yoki changlatish kuzatilmasa, masalan, kuchli yomgʻir tufayli changlanish sodir boʻlmasa, gullar nobud boʻladi.

Bu oʻsimlik Arizonaning markaziy qismiga endemik boʻlib, u yerda ignabargli oʻrmon va qirgʻoq zonasi oʻrtasidagi ekohududda oʻsadi. Balandligi taxminan 5300-7000 fut. Baʼzi turlari kanyonlarda oʻsadi, baʼzilari esa togʻ yonbagʻirlaridagi suv va buloqlar kabi juda nam muhitda oʻsishga moslashgan. Tuproqlari chirindiga boy va yaxshi soyalangan hududlar bu oʻsimlik koʻpayishi uchun qulay sharoit hisoblanadi[1]. Turning eng koʻp uchraydigan hududi — Kokonino okrugidagi Bill Uilyams togʻi hisoblanadi. U oʻz yashash joyini meksikaning holli boyoʻgʻlisi (Strix occidentalis lucida) ga qarab tanlaydi[4].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Actaea arizonica.[sayt ishlamaydi] The Nature Conservancy.
  2. [1] Integrated Taxonomic Information System.
  3. 3,0 3,1 Cimicifuga arizonica. Flora of North America.
  4. Arizona Bugbane (Cimicifuga arizonica) Conservation Agreement. (Wayback Machine saytida 2021-05-16 sanasida arxivlangan) USFS, USFWS. December 1998.