Adenogipofiz
Adenogipofiz — endokrin sistemaning asosiy organi hisoblangan gipofizning oldingi bezli qismi boʻlib, neyrogipofiz bilan birgalikda gipofizni tashkil etadi. Adrnogipofiz stress, oʻsish, koʻpayish va laktatsiya kabi bir qancha fiziologik jarayonlarni tartibga soladi. Bu jarayonlarni oʻzi ishlab chiqaruvchi oʻnga yaqin garmonlar orqali amalga oshiradi.[1][2][3]
Tuzilishi
tahrirGipofiz bezi turk egarchasi deb ataladigan suyak bilan himoyalangan. U uchta boʻlakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa boʻlaklar. Koʻpgina hayvonlarda bu boʻlaklar yaqqol ajralib turadi. Biroq, odamlarda oraliq boʻlak noaniq boʻlib, koʻpincha gipofizning oldingi boʻlagiga qoʻshib oʻrganiladi. Gipofizning oldingi - adenogipofiz va orqa - neyrogipofiz qismlari tuzilish tarkibi boʻyicha ham farq qiladi, adenogipofiz bezli hujayralardan iborat boʻlsa, neyrogipofiz nerv hujayralaridan tashkil topadi.
Adenogipofiz quyidagi uch qismdan iborat:
Pars distalis
tahrirPars distalis (distal qism) oldingi gipofizning katta hajmini egallaydi va bu yerda gipofiz gormonlarining aksari ishlab chiqariladi. Pars distalis ikki turdagi hujayralarni oʻz ichiga oladi, xromofob hujayralar va xromofil hujayralar.[1] Xromofillarni yana atsidofillarga (alfa hujayralari) va bazofillarga (beta hujayralarga) boʻlish mumkin.[1]
Pars tuberalis
tahrirPars tuberalis (naychali qism) pars distalisdan yuqoriga cho‘zilgan g‘ilofning bir qismini hosil qiladi, u gipofiz sopi bilan (shuningdek, infundibulum deb ham ataladi) orqa bo‘lakdan kelib chiqadi. (Gipofiz sopi yaʼni infindibulum gipotalamusni orqa gipofiz bilan bogʻlaydi). Pars tuberalisning vazifasi yaxshi oʻrganilmagan. Biroq, pars tuberalis fotoperiodizm (kun uzunligi) haqida xabardor qilishi maʼlum. Ushbu qism epifiz beziga uzatadigan fotoperiodizm ma'lumotlariga javoban epifiz melatonin garmonining sekretsiyasini amalga oshiradi[4][5]. Ilgari olib borilgan tadqiqotlar ushbu qismda melatonin retseptorlari lokalizatsiyasini koʻrsatdi.[6]
Pars intermedia
tahrirPars intermedia (oraliq qism) pars distalis va neyrogipofiz oʻrtasida joylashgan boʻlib, oldingi va orqa gipofizlar orasidagi chegarani hosil qiladi. Odamlarda bu qism juda kichik va noaniq.
Rivojlanishi
tahrirAdenogipofiz ektodermadan, aniqrogʻi, embrionda rivojlanayotgan qattiq tanglayning bir qismi boʻlgan Ratke xaltasidan hosil boʻladi.[7]
Vazifasi
tahrirAdenogipofizda besh turdagi endokrin hujayra mavjud boʻlib, ular chiqaradigan gormonlar quyidagicha: somatotrop garmoni (GH); laktotrop (PRL); gonadotrop (LH va FSH); kortikotrop (ACTH) va tireotrop (TSH).[8]
Garmon | Sinonimi | Simvoli | Tarkibi | Sekretor hujayrasi | turi | Taʼsiri | Effect | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Adrenokortikotrop garmon | Kortikotropin | ACTH | polipeptid | Kortikotroflar | Bazofil | Buyrak usti beziga | buyrak usti bezi garmonlari (glukokortikoid, mineralokartikoid va androgen sintezini taʼminlaydi) | |
Triotrop garmon | Triotropin | TSH | glikoprotein | Triotroflar | Bazofil | Qalqonsimon bezga | triod garmon sintezini taʼminlaydi | |
Follikula stimullovchi garmon | - | FSH | glikoprotein | Gonadotroflar | Bazofil | Jinsiy bezlarga | jinsiy aʼzolarning oʻsishi | |
Lyutenlovchi garmon | Lutropin | LH, ICSH | glikoprotein | Gonadotroflar | Bazofil | Jinsiy bezlarga | jinsiy garmonlar sinrezi | |
Oʻsish garmoni | Somatotropin | GH, STH | Polipeptid | Somatotroflar | Atsidofil | Jigar, yogʻ toʻqimasiga | organizmning oʻsishini taʼminlaydi. | |
Prolaktin | Laktotropin | PRL | Polipeptid | Laktotroflar | Atsidofil | asosan, sut bezi, prostata | TSH va ACTH sekretsiyasi |
Klinik ahamiyati
tahrirFaoliyatning oshishi
tahrirGiperpituitarizm - bu gipofiz bezidan koʻp miqdorda garmonlar chiqariladigan holat. Ushbu gipersekretiya koʻpincha gipofiz adenomasi (oʻsma) holatida kuzatiladi. Masalan, akromegaliya gipofiz adenomasi natijasida oʻsish gormoni (somatotrop/GH) ning ortiqcha sekretsiyasi natijasida yuzaga keladi. Bu kasallik deformatsiyalarga va hatto oʻlimga sababchi boʻlishi mumkin[9]. Gipofiz oʻsmasining eng keng tarqalgan turi prolaktinni yuqori darajada sekretsiyalovchi prolaktinomadir.[10] Uchinchi turdagi gipofiz adenomasi ortiqcha ACTH ni chiqaradi, bu esa oʻz navbatida kortizolning ortiqcha ajralishiga olib keladi va Kushing kasalligining sababi hisoblanadi.[11]
Faoliyatning pasayishi
tahrirGipopituitarizm oldingi gipofiz bezidan ajralib chiqadigan gormonlar sekretsiyasining kamayishi bilan tavsiflanadi. Masalan, balogʻatga yetgunga qadar GH ning giposekretsiyasi boʻy oʻsmay qolishi yaʼni gipofizar pakanalikka sababi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi ACTH ning giposekretsiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin, bu oʻz navbatida buyrak usti bezi faoliyati pasayishiga olib keladi. Bu holat esa hayot uchun xavfli. Gipopituitarizm adenogipofiz yoki uning biror qismini miya shikastlanishi, oʻsmasi, sili yoki sifilis holatlarida jarrohlik usulida olib tashlanganda kelib chiqishi mumkin. Ilgari bu kasallik Simmonds kasalligi deb atalgan, ammo hozirda "Xalqaro Kasalliklar Ma'lumotlar Bazasi"ga koʻra Sheehan sindromi deb ataladi.[12]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Eroschenko, Victor P.; Fiore, Mariano S. H. di (2013-01-01). DiFiore's Atlas of Histology with Functional Correlations. Lippincott Williams & Wilkins. ISBN 9781451113419.
- ↑ Boron, Walter F.; Boulpaep, Emile L. (2009). Medical Physiology (2nd ed.). Philadelphia: Saunders Elsevier. pp. 1016–1017. ISBN 978-1-4160-3115-4.
- ↑ Textbook of Medical Physiology. Elsevier Saunders.
- ↑ Ikegami, K; Iigo, M; Yoshimura, T (2013). "Circadian clock gene Per2 is not necessary for the photoperiodic response in mice". PLOS ONE. 8 (3): e58482. Bibcode:2013PLoSO...858482I. doi:10.1371/journal.pone.0058482. PMC 3591342. PMID 23505514.
- ↑ Dardente, H (2012). "Melatonin-dependent timing of seasonal reproduction by the pars tuberalis: pivotal roles for long daylengths and thyroid hormones". Journal of Neuroendocrinology. 24 (2): 249–66. doi:10.1111/j.1365-2826.2011.02250.x. PMID 22070540. S2CID 12723490.
- ↑ Morgan, PJ; Williams, LM (1996). "The pars tuberalis of the pituitary: a gateway for neuroendocrine output". Reviews of Reproduction. 1 (3): 153–61. doi:10.1530/ror.0.0010153. PMID 9414453.
- ↑ Nelson, R. J. (2011) An Introduction to Behavioral Endocrinology, 4th Edition. Sunderland, MA: Sinauer Associates, Inc.ISBN 978-0878936205
- ↑ Le Tissier, P.R; Hodson, D.J; Lafont C; Fontanaud P; Schaeffer, M; Mollard, P. (2012) Anterior pituitary cell networks. Front Neuroendocrinol. Aug; 33(3):252-66
- ↑ Scacchi, Massimo; Francesco Cavagnini (2006). "Acromegaly". Pituitary. 9 (4): 297–303. doi:10.1007/s11102-006-0409-4. ISSN 1573-7403. PMID 17077948.
- ↑ Ciccarelli, E; F Camanni (June 1996). "Diagnosis and drug therapy of prolactinoma". Drugs. 51 (6): 954–965. doi:10.2165/00003495-199651060-00004. ISSN 0012-6667. PMID 8736617. S2CID 35481175.
- ↑ Nelson, Randy J. (2011). An introduction to behavioral endocrinology (4th ed.). Sunderland, Massachusetts: Sinauer Associates. ISBN 978-0878936205.
- ↑ Summers, V. K. (September 1947). "Diagnosis and Treatment of Simmonds' Disease". Postgraduate Medical Journal. 23 (263): 441–443. doi:10.1136/pgmj.23.263.441. ISSN 0032-5473. PMC 2529616. PMID 20258051.