Adenovirus infeksiyasi — bu adenoviruslar keltirib chiqaradigan odam yuqumli kasalliklari guruhi hisoblanadi. Ular oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (OʻRVI) guruhiga kiradi va yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari, konʼyunktivit va limfoid toʻqimalarning shikastlanishi bilan tavsiflanadi. Oʻrtacha intoksikatsiya belgilari bilan isitma kuzatiladi.

Adenovirus infeksiyasi
KXK-10 B97.0
KXK-9 D000257

Etiologiya

tahrir

Birinchi marta adenovirus (yaʼni, Adenoviridae oilasining Mastadenovirus turkum virusi) 1953-yilda bolalarning bodomsimon bezlari va adenoidlarida jarrohlik amaliyoti paytida Robert Xubner va V. Rou tomonidan aniqlangan. Hozirda ularning 40 dan ortiq turlari mavjud. Adenoviruslar tashqi muhit taʼsiriga va organik erituvchilar taʼsiriga chidamli infeksiyalar hisoblanishadi.

Epidemiologiya

tahrir

Infeksion manba bu adenovirus infeksiyasining har qanday shakli yoki sogʻlom virus tashuvchisi boʻlgan kasal odam hisoblanadi. Kasallikning boshlanishida bemorlardan infeksiyaning katta xavfi mavjud, yaʼni. birinchi ikki hafta davomida boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori boʻladi.

Infeksiya havo tomchi va fekal-oral yoʻli bilan yuqadi. Infeksiyaga eng sezgir davr 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalik davri hisoblanadi. 6 oygacha boʻlgan bolalar transplasental immunitet mavjudligi sababli infeksiyaga moyil emas, yaʼni. immunitet onadan olingan boʻladi. Oʻtkazilgan kasallikdan soʻng, turga xos immunitet paydo boʻladi.

Kasallikning epidemiyasi yil davomida, ayniqsa qishda tez-tez va issiq mavsumda sporadik holatlar koʻrinishida paydo boʻladi. Infeksiya bolalarning bir biri bilan kontaktda boʻlishi orqali kasaldan sogʻlomlarga yuqadi. Koʻpincha uyushgan bolalar guruhlari kasallikka moyil boʻlishadi. Adenoviruslarning barcha turlari umumiy komplement bogʻlovchi antigenin mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Klinik koʻrinishlar

tahrir

Inkubatsiya davri: Inson tanasiga virus kirgandan kasallikning birinchi alomatlari paydo boʻlgunga qadar boʻlgan davr taxminan bir kunni tashkil etadi, ammo baʼzida buu muddat ikki haftagacha choʻzilishi mumkin[1]. Kasallikning boshlanishining birinchi alomati — bu yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanish bilan kechuvchi burun, tomoq ogʻrigʻi, nafas olishdagi muaommolar bilan oʻtadi. 2-3 kundan keyin harorat 39 °C gacha koʻtarilishi mumkin. Kasallikning birinchi kunidan boshlab burundan shilliq oqa boshlaydi. Tomoq orqa devorining qizarishi kuzatiladi. Tomoqda shilimshiqli qoplamalar paydo boʻladi. Keyinchalik kuzatiladigan bronxit — bu adenovirus infeksiyasining tez uchraydigan va erta namoyon boʻladigan asorati hisoblanadi, shu sababli zararlanishning ilk kunlaridan boshlab quruq yoʻtal paydo boʻlishi mumkin.

Patogenez

tahrir

Infeksiya tanaga yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari orqali, kamdan kam hollarda — ichak yoki koʻz shilliq pardasi orqali kiradi. Infeksiya taʼsiriga uchragan hujayralar boʻlinishni toʻxtatadi va nobud boʻladi. Infeksiyala;rning keyingi manzili shilliq pardalar va limfa tugunlarining boshqa hujayralari boʻladi, shuningdek qonga ham oʻtadi. Bu shilliq qavatlarning massiv ekssudativ yalligʻlanishi sabab boʻladi. Bundan tashqari, patologik jarayonda ichki organlar (oʻpka, bronxlar, ichaklar, buyraklar, jigar, taloq), shuningdek , miya, limfa tugunlari ham zararlanadi[2].

Asoratlari

tahrir

Adenovirus infeksiyasining asosiy asoratlari: virusli pnevmoniya, ensefalit, otit, sinusit, buyrak shikastlanishi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Аденовирусная инфекция“. cgon.rospotrebnadzor.ru. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
  2. Елисеев А. Г., Шилов В. Н., Гитун Т. В.;. Большая медицинская энциклопедия.. Эксмо, 2009.