Adilak
Adilak (arabcha, adl – tekis, toʻgʻri, ak – kichraytish qoʻshimchasi) – yuzaning tekis-notekisligini aniqlaydigan asbob. Qalamdon shaklidagi taxtachaga oʻrnatilgan, ichiga spirtl yoki efir toʻldirilib, havo pufakchasi yuradigan shisha naycha. Agar yuza tep-tekis boʻlsa, Adilakdagi havo pufakchasi naycha oʻrtasida toʻxtaydi. Adilakni duradgor ustalar, toshtaroshlar ishlatadilar. Bu asbob „shayton“ deb ham yuritiladi. Taxtachadan uchburchak shaklida yasalgan adilak vaterpas deb ataladi. Vaterpas tik ustunchali chizgʻich; unga shoqul osilgan. Tekshirilayotgan sirt gorizontal boʻlsa, shoqul chizgʻichdagi oʻyiq oʻrtasida toʻxtaydi. Adilak astronomiya, geodeziya va fizika asboblarining muhim qismi hisoblanadi. Mashinasozlikda chilangarlik va ramali adilaklar ishlatiladi. Chilangarlik adilaki korpus va unga mahkamlangan shkalali shisha naychadan iborat. U tekshiriladigan sirtning korpus asosiga nisbatan qancha ogʻganligini koʻrsatadi. Ramali adilak burchaklari aniq yasalgan toʻrt burchakli ramadir. Uni gorizontal (yotiq) va vertikal (tik) sirtlarga oʻrnatib ishlatiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |