Adrián Ortolá Vañó (talaffuzi: Adrian Ortola; 1993-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, „Girona“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Adrián Ortolá
Ortolá Spain U19da, 2012-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adrián Ortolá Vañó[1]
Tavallud sanasi 20-avgust 1993-yil (1993-08-20) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Xàbia, Spain
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Girona
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
200–2005 Jávea
2005–2008 Alicante
2008–2011 Villarreal

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Villarreal

tahrir

Xàbia, Alicante, Valencialar mamlakatida tugʻilgan Ortolá mahalliy Villarreal CF yoshlar tizimiga 2008-yilda qoʻshilgan. U Segunda B divizioni Villarreal CF B jamoasi bilan 2012-yilning 2-sentabrida CF Reus Deportiuga qarshi musobaqa uchrashuvida oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan[3].

Barcelona

tahrir

2013-yil 10-iyulda Ortolá „Barcelona“ ga oʻtadi va uch yilga erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi[4]. U professional futbolchi sifatidagi birinchi oʻyinini 30-noyabr kuni Córdobada 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻtkazdi[5].

Ortolá oʻzining ikkinchi mavsumida 26 ta oʻyin oʻtkazadi va mavsumni uning jamoasi uchinchi divizionga tushib ketish bilan yakunlaydi. 2015-yilning 21-martida u David Rodríguezga nisbatan qo‘pollik ishlatib, penaltini o‘tkazib yuboradi va uchrashuvning 25-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Ushbu uchrashuvda uning jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi[6].

2016-yilning 11-iyulida Ortolá La LiganingDeportivo Alavés“ klubiga bir yilga ijaraga beriladi[7]. U 2017-yil 8-yanvarda Athletic Bilbaoga qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkib futbolchisi Fernando Pacheco hali toʻliq formaga qaytmaganligi tufayli maydonga tushib musobaqadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va safarda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etiladi[8].

2018-yil 24 iyulda Ortolá Deportivo de La Coruña jamoasiga sotib olish sharti bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshiladi[9].

Tenerife

tahrir

2019-yil 12-iyulda Ortolá CD Tenerife jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[10][11]. U uzoq vaqtdan beri asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib kelayotgan Dani Hernándezning oʻrnini egallaydi, ammo 2020-yil noyabr oyida yangi bosh murabbiy Luis Miguel Ramis kelganidan soʻng oʻzining asosiy tarkibdagi joyini xuddi shu futbolchining oʻziga boy beradi[12].

Girona

tahrir

Ortolá 2021-yilning 1-fevralida ikki yarim yillik shartnoma asosida ikkinchi divizion vakili „Firona“ klubiga oʻtadi[13].

Klublardagi statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Villarreal C 2011–12 Tercera División 34 0 34 0
Jami 34 0 34 0
Villarreal B 2012–13 Segunda División B 9 0 9 0
Jami 9 0 9 0
Barcelona B 2013–14 Segunda División 7 0 7 0
2014–15 Segunda División 26 0 26 0
2015–16 Segunda División B 34 0 34 0
2017–18 Segunda División 30 0 30 0
Jami 97 0 97 0
Alavés (ijara) 2016–17 La Liga 2 0 6 0 8 0
Jami 2 0 6 0 8 0
Deportivo (ijara) 2018–19 Segunda División 0 0 1 0 1 0
Jami 0 0 1 0 1 0
Faoliyatida jami 142 0 7 0 149 0

Yutuqlari

tahrir

Ispaniya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin sovrindori: 2010[14]

Ispaniya U19

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2011[15][16], 2012[17]

Manbalar

tahrir
  1. „Acta del partido celebrado el 06 de abril de 2014, en Barcelona“ [Minutes of the match held on 6 April 2014, in Barcelona] (es). Royal Spanish Football Federation (2014-yil 6-aprel). Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 „Ortolá“ (es). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  3. „El Villarreal B sigue sin carburar“ (es). El Periódico Mediterráneo (2012-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
  4. „Adrià Ortolà ficha por el Barça B“ (es). Mundo Deportivo (2013-yil 10-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
  5. „Córdoba – Barça B: Premio in extremis (1–2)“ (es). FC Barcelona (2013-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
  6. Martínez, Ferran. „El Barça B no levanta cabeza y se hunde en Alcorcón“ (es). Mundo Deportivo (2015-yil 21-mart). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  7. „Adrián Ortolá, un nuevo seguro para la portería albiazul“ (es). Deportivo Alavés (2016-yil 11-iyul). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  8. Gascón, Javier. „Ortolá muestra el camino a Ter Stegen“ (es). Mundo Deportivo (2017-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  9. „Ortolá nuevo jugador del #Dépor1819“ (es). Deportivo La Coruña (2018-yil 24-iyul). Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  10. „Adrián Ortolá, nuevo portero del CD Tenerife“ (es). CD Tenerife (2019-yil 12-iyul). Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
  11. „El Barça traspasa a Adrián Ortolá al Tenerife“ (es). Mundo Deportivo (2019-yil 13-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
  12. Martínez. „Dani Hernández por Adrián Ortolá, un cambio para bien en el CD Tenerife“ (es). El Dorsal (2021-yil 4-yanvar). 2021-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  13. „Adriá Ortolá, nuevo portero del Girona FC“ (es). Girona FC (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  14. „Inglaterra se impone a España en la final del Europeo sub'17 de fútbol (1–2)“ (es). 20 minutos (2010-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  15. „Paco Alcácer se concentra con la selección Sub'19“ (es). Super Deporte (2011-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  16. „Alcácer obra el milagro“ (es). La Opinión A Coruña (2011-yil 1-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  17. Quixano, Jordi. „España va para largo“ (es). El País (2012-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.

Havolalar

tahrir