Villarreal Club de Futbol, S.A.D. (tarjimasi: Villarreal Futbol Klubi) — Ispaniyaning Kastellon provinsiyasi Villarreal shahrida tashkil etilgan hamda Ispaniya La Ligasidagi eng professional futbol jamoalardan biri.

Villareal CF
Toʻliq nomi Villareal Futbol Klubi
Laqabi Sariq suvosti kemasi (El Submari Groguet)
Asos solingan 1923-yil 10-mart
Stadion Estadio de La Ceramica
Stadion hajmi 23 500
Prezidenti Fernando Roig
Murabbiyi Unai Emeri
Sardori Mario Gaspar
Reytingi UEFA da 20-o'rin
Vebsayt villarrealcf.es
Musobaqasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi


1923-yilda tashkil etilgan futbol klubi oʻz tarixining koʻp qismini ispan futbolining quyi bosqichlarida oʻtkazdi va La Ligadagi debyutini faqat 1998-yildan boshladi. XXI asrda „Villarreal“ ligada biroz barqarorlikka erishdi, garchi jamoa 2012-yilda quyi ligaga tushib qolgan boʻlsa-da, keyingi yildan boshlab yuqori bosqichlarda oʻynay boshlagan. Klub ilk bor UEFA Chempionlar ligasida 2005-yilda maydonga tushgan, uning eng yaxshi natijasi 2006 va 2022-yillarda yarim final boʻlgan. Bu vaqt ichida „Villarreal“ UEFA Yevropa Ligasida ham maydonga tushdi va 2021-yilda finalda "Manchester Yunayted" ni magʻlub etib, birinchi yirik kubokni qoʻlga kiritib, musobaqada gʻolib chiqdi.


Klub oʻzining sariq libosi va Real Madrid, Barselona, Atletiko Madrid, Valensiya futbol jamoalariga nisbatan past darajadagi jamoa boʻlgani uchun El Submari Groguet yoki El Submarino Amarillo (Sariq suv osti kemasi) laqabini oldi. Ular uy oʻyinlarini Estadio de la Seramikada oʻtkazishadi[1][2].

Tarixi tahrir

1923-1929: Dastlabki yillar tahrir

Villarreal futbol klubi 1923-yil 10-martda Club Deportivo Villarreal sifatida „barcha sport turlarini, ayniqsa futbolni targʻib qilish“ uchun tashkil etilgan. Stadion oyiga 60 pesetaga ijaraga olingan va chiptalar narxi erkaklar uchun yarim peset, bolalar uchun esa chorak peset qilib belgilangan. Ayollarga bepul kirish huquqi berildi[3]. 1923-yil 17-iyunda klubning zamonaviy raqibi Kastellon birinchi oʻyinni Migel de Servantes nomidagi klubga qarshi oʻtkazdi. Oʻsha yilning 21-oktabrda „Villarreal“ oʻzining ilk oʻyinini „Kastellon“ga qarshi oʻtkazdi. Villarreal oʻzining birinchi nishonida aks etgan oq koʻylak va qora shortilar toʻplami bilan boshladi[4].

1929-1998: Quyi bosqichlarda vaziyat tahrir

Vilarreal 1929-yildan 1930-yilgacha Ispaniya futbol piramidasi doirasidagi mintaqaviy musobaqalarda qatnashgan. 1934—1935-yilgi mavsumda jamoa Kartaxenaga yutqazib qoʻydi, shu sababli yuqori bosqichlarga chiqa olmadi. Keyingi mavsumda Villarreal Ispaniya fuqarolar urushi boshlanishidan oldin mintaqaning birinchi divizionida gʻalaba qozondi.

1939-yilda urush tugagach, klub yana viloyatning ikkinchi divizionida oʻynadi[3] Biroq, Villarreal 1940-yillarning boshida tarqatib yuborildi va 1942-yilda klub asoschilarining qisqartmasi boʻlgan CA Foghetecaz (Font, Gil, Herrero, Teuler, Catala va Zaragoza) tashkil etilgan bir nechta klublardan biri edi. 1946-yilda yangi klub Valensiya futbol federatsiyasiga qoʻshildi va oʻzini CAF Villarreal deb oʻzgartirdi, bu yerda F Foghetecazni anglatadi[4]

1954-yilda nomi yana hozirgi Villarreal CF ga oʻzgartirildi[4]. Ular birinchi mintaqaviy ligada yettinchi va keyin ikki marta toʻrtinchi oʻrinni egallab, 1956-yilda Tercera Liga chempioni sifatida koʻtarilishdi. Ular 1960—1961-yillarda 14-oʻrinni egallab, quyi ligaga tushib ketishgan[3].

Klub oʻzining hozirgi taniqli belgisini 1966-yilning oʻrtalarida qabul qildi[4] 1966—1967-yillarda „Villarreal“ Terseraga chempion sifatida qaytdi. 1970-yilda ular birinchi marta milliy Segundaga chiqishdi[3]. Ular birinchi mavsumda quyi ligaga tushib qolishdan arang qutuldi, ammo keyingi mavsumda quyi ligaga tushib ketishdi. 1975—1976-yillarda ular Terseradan Regionallarga tushib ketishdi, ammo keyingi mavsumda yana yuqoriga koʻtarilishdi. 1986—1987-yillarda „Villarreal“ Segunda B ligasiga koʻtarildi[3]. 1990-yilda ular 18-oʻrinni egalladi va yana Terseraga tushib ketdi.

Klub Segunda B ga qaytib, ikkinchi oʻrinni egallab, birinchi marta Segunda A ga koʻtarilganligi sababli ketma-ket koʻtarilishlar boʻldi. 1992-yildan 1993-yilgacha „Vilyarreal“ koʻpincha past yoki oʻrta jadvaldagi oʻrinlarda boʻlgan, ammo 1997—1998-yillarda toʻrtinchi oʻrinni egallab pley-offga chiqqan.[5] Ikki oyoqli pley-off Compostela ga qarshi oʻtdi. „Vilyarreal“ 0:0 hisobidagi birinchi oʻyinni oʻz uyida oʻtkazdi, ammo Galisiya jamoasining uyidagi javob oʻyinida 1:1 hisobida durang qayd etildi, shu tariqa „Vilyarreal“ safarda gol urish qoidasiga koʻra koʻtarildi.

1998-2012: La Liga va Yevropadagi debyutlar tahrir

"Villarreal"ning La Ligadagi debyuti 1998-yil 31-avgustda Santyago Bernabeu stadionida amaldagi Yevropa chempioni "Real Madrid" ga qarshi oʻyin bilan boshlandi va 3 daqiqadan soʻng oldinga chiqib olganiga qaramay, 4:1 hisobida magʻlub boʻldi[6]. Birinchi uy oʻyini bir hafta oʻtib "Selta de Vigo" ga qarshi[5] boʻldi. Ogʻir mavsum tufayli „Villarreal“ 1999—2000-yilgi mavsumda Segunda divizioniga tushib ketdi, ammo uchinchi oʻrinni egallab, keyin yana Primer Ligaga koʻtarildi.

 
Arsenal FC va Villarreal CF 2008-09 UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali bahsida.

Primer Ligaga qaytishda yettinchi oʻrinni egallagan Villarreal ikki mavsum davomida 15-oʻrinni egalladi[5]. Villarreal 2002-yilning oʻrtalarida UEFA Intertoto kubogida ishtirok etib, Islandiyaning FH, Italiyaning Torino va Fransiyaning Troya klublarini magʻlub etdi. Ular finalda hamyurtlari „Malaga“ga umumiy hisobda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi[7].

2003-yil oʻrtalarida ular Intertoto kubogi finalida Gollandiyaning Xerenven jamoasini magʻlub etishdi va shu tariqa UEFA kubogiga yoʻllanma oldilar. „Vilyarreal“ Yevropadagi yirik debyutida qoʻshnilari va yakuniy chempion " Valensiya "ga yutqazib, UEFA kubogining yarim finaliga chiqdi. Ligada „Vilyarreal“ sakkizinchi oʻrinni egalladi. 2004-yil oʻrtalarida „Vilyarreal“ final oʻyinini umumiy hisobda 2:2 hisobida yakunlaganidan keyin vatandoshlari "Atletiko Madrid" ni penaltilar seriyasida magʻlub etib, Intertoto kubogini saqlab qoldi. Bu ularga UEFA kubogi yoʻllanmasini taqdim etdi. Ular 2004-05 yilgi UEFA kubogining chorak finalida Gollandiyaning AZ jamoasiga yutqazib, umumiy hisobda 3:2 hisobida magʻlub boʻlishdi. Oʻsha mavsumda „Vilyarreal“ La Ligada uchinchi oʻrinni egallab, klubga Yevropa turniri Chempionlar ligasiga birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Klubning markaziy hujumchisi Diego Forlan 25 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari uchun Pichichi Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi.

 
Real Madrid va Villarreal bahsi. 2011-yil.
 
Villareal UD Almeriaga qarshi oʻynadi va La Ligaga chiqdi (2012-2013-yillar mavsumi).


 
El Madrigal, endi Estadio de la Ceramica deb oʻzgartirildi

Mukofotlari tahrir

Mahalliy tahrir

  • La Liga
    • Ikkinchi oʻrin: 2007-08
  • Segunda divizioni
    • Ikkinchi oʻrin: 2012-13
  • Segunda B divizioni
    • Ikkinchi oʻrin: 1987-88, 1991-92
  • Tercera divizioni
    • Gʻoliblar : 1969-70

Yevropa tahrir

 
Jamoa avtobusi

Jamoa tarkibi tahrir

Hozirgi tarkib tahrir

 

No. Pos. Nation Player
1 GK   ESP Pepe Reina
2 MF   ESP Manu Morlanes
3 DF   ESP Raúl Albiol (3rd captain)
4 DF   ESP Pau Torres
5 MF   ESP Dani Parejo
6 MF   FRA Étienne Capoue
7 FW   ESP Gerard Moreno
8 DF   ARG Juan Foyth
9 FW   ESP Paco Alcácer
11 FW   NGA Samuel Chukwueze
12 DF   ECU Pervis Estupiñán
13 GK   ARG Gerónimo Rulli
14 MF   ESP Manu Trigueros (4th captain)
15 FW   NED Arnaut Danjuma
16 FW   SEN Boulaye Dia
No. Pos. Nation Player
17 MF   ESP Álex Baena
18 DF   ESP Alberto Moreno
19 MF   FRA Francis Coquelin
20 FW   ESP José Luis Morales
21 MF   ESP Yeremi Pino
22 DF   ALG Aïssa Mandi
23 DF   ESP Kiko Femenía
24 DF   ESP Alfonso Pedraza
25 DF   ESP Jorge Cuenca
27 DF   ESP Dani Tasende
34 FW   ESP Fer Niño
35 GK   DEN Filip Jörgensen
GK   AND Iker Álvarez
FW   SEN Nicolas Jackson
MF   ESP Javi Ontiveros

Manbalar tahrir

  1. Jones, Rich. „We ranked the top 10 stadium in La Liga – with a surprise No. 1“. mirror (9-fevral 2019-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
  2. Mark Elkington. „Villarreal relegated in dramatic finale to La Liga“. The Independent (14-may 2012-yil).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Villarreal C.F. – Web Oficial“. 4-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Villarreal C.F. – Web Oficial“.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Villarreal C.F. – Web Oficial“. 24-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  6. „Real Madrid vs Villarreal - La Liga 1999: all the info, lineups and events“ (inglizcha). besoccer.com. Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  7. „Villarreal C.F. – Web Oficial“. 24-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.

Havolalar tahrir