Afanasiy Semyonovich Barabash (ruscha: Афанасий Семёнович Барабаш; 1908-yil 1-may — 1996-yil 8-sentyabr) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944).

Afanasiy Barabash
Asl ismi ruscha: Афанасий Семёнович Барабаш
Tavalludi 1-may 1908-yil
Romni, Sumi viloyati, Ukraina SSR
Vafoti 8-sentyabr 1996-yil(1996-09-08)
(88 yoshda)
Kiyev, Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari tank kuchlari
Xizmatdagi yillari 1932-1957-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasi polkovnik
Harbiy  qism 22-gvardiya alohida tanklar polki, 51-armiya, 4-Ukraina fronti
Qoʻmondonlik qilgan polk
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||
||
||
||
||
SSSR qurolli kuchlari fahriysi |

Hayoti

tahrir

1908-yil 1-may kuni hozirgi Sumi viloyati (Ukraina SSR) Romni tarkibidagi Protsovka qishlogʻida ishchilar oilasida tugʻilgan. Otasidan erta ayrilgach, oʻspirinlik yoshidan ishlay boshladi va bir vaqtning oʻzida oʻqishni davom ettirdi. Ishlab chiqarish amaliyoti maktabini tugatgan. 1929-yilda romensk korxonalaridan birining eng yaxshi xodimi sifatida u Moskvaga oʻqishga yuborildi. 1932-yilda sanoat texnikumini bitirdi[1].

1932-yilda Qoʻqon harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. 1934-yilda zirhlitank maktabini tugatdi. Dastlab u vzvod, keyin tank rotasi komandiri shuningdek, polk maktabining boshligʻi boʻlib xizmat qildi. 1939-yilda Afanasiy Barabash Xarkovdagi harbiy iqtisodiyot akademiyasining muhandislik fakulteti tinglovchisi sifatida qabul qilindi[2].

1941-yil 22-iyundan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Gʻarbiy, Bryansk, Stalingrad, Janubiy, 4-Ukraina, 3-Boltiqboʻyi, 1-Belarus frontlarida jang qilgan. Kontuziya olgan.

22-gvardiya alohida tanklar polki (51-armiya, 4-Ukraina fronti) gvardiya podpolkovnigi Afanasiy Barabash boshchiligida 1944-yil 9-aprelda sivash platsdarmidan fashistlarning balandlikdagi pozitsiyasiga hujum qildi va oʻqchi boʻlinmalar bilan birgalikda uni qoʻlga kiritdi. 3 kunlik jang mobaynida u dushman mudofaasini 80 km ichkarisigacha bostirib kiradi. 1944-yil may oyida Sevastopolni ozod qilish uchun boʻlgan janglarda qoʻmondonning tanki birinchilardan boʻlib shaharga bostirib kirdi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi farmoni bilan „Qrim uchun janglarda tank polkini mohirlik bilan boshqarganligi, koʻrsatgan jasorati va mardligi uchun“, gvardiya podpolkovnigi Afanasiy Semyonovich Barabash Sovet Ittifoqi Qahramoni (№ 2290) unvoni bilan taqdirlangan[4].

Urushdan keyin u Qurolli Kuchlar safida xizmatni davom ettirdi. 1955-yilda zirhlitank qoʻshinlari harbiy akademiyasi qoshidagi Oliy akademik kurslarni tugatgan. 1957-yildan polkovnik Afanasiy Barabash zaxirada. Kiyevda yashagan. U Kiyevdagi ilmiy-tadqiqot institutlaridan birida katta muhandis boʻlib ishlagan. 1996-yil 8-sentyabrda vafot etdi[5].

Xotirasi

tahrir
  • Afanasiy Barabash Kiyevdagi Berkovetskiy qabristoniga dafn etilgan.
  • Sumi viloyatining Romni shahrida (Ukraina) Qahramonlar xiyoboniga Afanasiy Barabashning yodgorlik stendi oʻrnatildi.

Manbalar

tahrir
  1. warheroes.ru. „Барабаш Афанасий Семёнович“.
  2. war-heroes.uz. „BARABASH AFANASIY SEMYONOVICH“.
  3. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  4. pamyat-naroda.ru. „Наградной документ“.
  5. tankfront.ru. „Барабаш Афанасий Семёнович“.