Afritada — sabzi, kartoshka, qizil va yashil bulgʻor qalampiri bilan pomidor sousida qovurilgan tovuq, mol goʻshti yoki choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan Filippin taomi. U oq guruch bilan birga isteʼmol qilinadi[1]. Bundan tashqari, taomga dengiz mahsulotlarini ham qo‘shish mumkin[2][3].

Afritada


Tovuqli afritada
Asl nomi apritada, apretada
Kelib chiqishi Filippin
Asosiy komponentlari Tovuq qo‘y go‘shti, pomidor sousi, sabzi, kartoshka, qizil va yashil bulg‘or qalampiri
Oʻxshashlari Menudo, kaldereta, hamonado, pininyahang manok

Etimologiya

tahrir

Afritada nomi ispancha fritada („qovurilgan“) so‘zidan olingan[4].

Tavsif

tahrir

Afritada — qovurilgan taom. Tayyorlash uchun avvalo sarimsoq, piyoz va toʻgʻralgan goʻsht qizargunga qadar qovuriladi. Goʻsht yetarlicha qizarib pishgandan soʻng, suv va tomat pastasi toʻgʻralgan sabzi, kartoshka, qizil va yashil bulgʻor qalampiri bilan birga tovaga quyiladi. Dilimlangan pomidor, noʻxat, loviya ham qoʻshilishi mumkin. Ta‘bga ko‘ra tuz, qora murch, dafna yaprogʻi va baliq sousi qo‘shiladi. Aralashma sabzavot pishguncha qaynatiladi[5][2][6].

Variantlar

tahrir

Afritada taomning asosiy tarkibiy qismlariga qarab turli nomlarga ega. Eng keng tarqalganlari afritadang manok (tovuq afritadasi)[7], afritadang baka (mol goʻshti afritadasi) va afritadang baboy (choʻchqa goʻshti afritadasi)[3][8][9].

Afritada odatda hamonado uslubida pishiriladi (ananas boʻlaklari bilan). Ushbu shirin variant "ananas afritada " deb nomlanadi[10][11][12].

Shunga oʻxshash taomlar

tahrir

Afritada Filippin menudosi va kalderetaga juda oʻxshaydi, chunki ikkalasi ham pomidor sousidan tayyorlanadi. Biroq, menudoga jigar, kalderetaga esa faqat echki goʻshti qo‘shiladi[13].

Manbalar

tahrir
  1. „Colinares, Robert (2007) “Pork Afritada” no site FilipinoFoodLovers.com“. www.filipino-food-lovers.com. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  2. 2,0 2,1 Merano. „Chicken Afritada Recipe“. Panlasang Pinoy. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  3. 3,0 3,1 Polistico, Edgie. Philippine Food, Cooking, & Dining Dictionary. Anvil Publishing, Incorporated, 2017. ISBN 9786214200870. [sayt ishlamaydi]
  4. „Afritada, A Famous Filipino Stew“. FilStop. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  5. „Chicken Afritada“. Kawaling Pinoy. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  6. „Afritada Chicken Recipe“. MyFilipnoRecipes. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  7. „Chicken Afritada Recipe“. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  8. „Fish Afritada“. Mama's Guide Recipes (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  9. „Afritadang Tahong“. Panlasang Pinoy Meaty Recipes. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  10. „Pineapple Chicken Afritada“. Kawaling Pinoy (2018-yil 7-aprel). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  11. „Pininyahang Manok (Pineapple Chicken)“. PinoyWay. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  12. „RECIPE: Pininyahang Manok“. ABS-CBN News (2018-yil 7-fevral). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  13. „Chicken Afritada (Afritadang Manok)“. Panlasang Pinoy Meaty Recipes. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.