Agatchagʻil togʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod-Sariqamish tizlasining bir qismi. Oqqapchigʻay darasidan Ulaynor dovonigacha (22 km ga) choʻzilgan. Mutlaq balandlik- 1280-1300 m. Agatchagʻil togʻining janubi-sharqiy yon bagʻri tik va shimoli-gʻarbiy yon bagʻri esa qiyaroq. Agatchagʻil togʻi zamini boʻr davrining yashil gil, qumtosh, alevrolit, gips va ohaktoshlaridan, suvayirgʻich qismi qattiq ohak-toshlardan tuzilgan. Ohaktosh qatlamining baʼzi joylari suvda erib, kichik gʻorlar hosil qilgan. Togʻ etaklarida quruqsoy koʻp. Soylarning tagini prolyuviy jinslari qoplagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Agatchagʻil togʻi" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil