Agrippa Mark Vipsaniy (taxminan miloddan avvalgi 63 — 12-yillar) — Rim sarkardasi va davlat arbobi. Miloddan avvalgi 41-yilda Peruziya shahrini qamal qilishda rahbarlik qilgan. Sekst Pompeyga qarshi Mil va Navloxdagi jangda (36 yil) gʻalaba qilgan. Avgustnit bosh harbiy yordamchisi. Miloddan avvalgi 23-yilda imperator Avgustning qizi Yuliyaga uylanadi va tez orada yordamchisi hamda kuyovi sifatida uning vorisi boʻlib qoladi. Agrippa Mark Vipsaniy dastlabki dunyo haritalaridan birining muallifi. Adib va yer haqidagi ilmni biluvchi sifatida ham tanilgan. Rim obodonchiligiga katta hissa qoʻshgan (Panteon ibodatxonasi va hokazo qurgan)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil