Ahmad Mullazoda
imom
Ahmad ibn Usmon ibn Nizom as-Samarqandiy al-Xuttobiy, ash-shofiʼiy (Shihobuddin) — imom. Mullazoda nomi bilan tanilgan. Qiroat, mantiq, fiqh, tafsir, hadis va balog‘at ilmlarini bilgan. Tarixchilardan birining xabar berishicha, u alloma imom, qiroatda oliy isnodli bo‘lgan. Damashq, Halab kabi shaharlarga safar qilgan va u yerdagi ulamolardan istifoda etgan. U milodiy 1460-yil (hijriy 901-yil)da vafot etgan.
Ahmad Mullazoda | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy yil (hijriy yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | imom |
Asarlari
tahrir- „Kitob jumiʼa fihi al-hidoya val-muharrar“ („Hidoyat va ozod qiluvchi masalalar jamlangan kitob“);
- „Sharhu hidoyati-l-hikma“ („Hidoyatu-l-hikmat“ kitobiga sharh");
- „Sharhu-sh-shamsiya“ („Shamsiya“-ga sharh");
- „Hoshiya ala-sh-sharhil-muxtasar li-t-Taftazoniy alatalxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“ ("al-Qazviniyning „Talxisu-l-miftoh“ asariga Taftazoniyning yozganmuxtasar sharhiga hoshiya-izoh")[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 69-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |