Ahmad as-Sagʻoniy

astronom olim

Abu Homid Ahmad ibn Muhammad as-Sagʻoniy al-Asturlobiy — astronom olim. Arab manbalarida „Sagʻaniyon“, fors manbalarida „Chagʻanyon“ nomli joyda tugʻilgan. Oʻsha davrdagi Sagʻanyon bugungi Surxondaryo viloyatining Denov shahri atrofiga toʻgʻri keladi. Tavallud sanasi nomaʼlum. Dastlabki ilmlarni vatanida olib, keyinchalik ilm talabi bilan Bag‘dodga borgan, astronomiya va geometriya fanlarini chuqur oʻrgangan[1].

Ahmad as-Sagʻoniy
Abu Homid Ahmad ibn Muhammad as-Sagʻoniy al-Asturlobiy
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti 990-yil
Bogʻdod
Taʼlimi Bogʻdod
Kasbi Astronom, olim
Dini islom
Unvoni Asturlobiy

Hayoti va ijodi tahrir

Ahmad as-Sagoʻniy yoshligini oʻz davrining eng yirik ilmiy markazi hisoblangan Bogʻdodda oʻtkazadi. Ahmad as-Sagoʻniyning ismiga qoʻshib aytiladigan „Asturlobiy“ rutbasi uni astu loblar yaʼni astronomik jihozlar yasashda va ularni qoʻllashda usta ekanligini bildirgan. Istanbul va Patna kutubxonalarida „Osmon sferasini tekislikda tasvirlash“, Parij va Damashqda „Doira ichiga joylashtirilgan toʻgʻri tarafli yetti burchakning tomonini yashash“, „Masofalar va hajmlar haqida“, Oksforddagi Bodleian kutubxonasida „Astralbiya plastinkalarida yasalgan soatlar“, „Meridian chizigʻini topish“ kabi asarlari saqlanib keladi. Olimning qalamiga mansub yana bir asar — „Burchakning uchga boʻlinishi“ asari esa bizgacha yetib kelmagan[2].

Ilmiy merosi tahrir

Olim haqida Ibn al-Qiftiyning quyidagicha fikrlari mavjud: „Abu Homid Ahmad ibn Muhammad as-Sagʻoniy al-Asturlobiy oʻz vaqtida geometriya, astranomiya sohalaridagi aksariyat muvaffaqiyatlarning sohibi boʻlgan fozil olimlardan edi. U Bogʻdodda astrolyabiyalar va boshqa astronomik jihozlar yasashda katta yutuqlarga erishdi. U yaratgan jihozlar oʻsha vaqtdagi astronomlarga maʼlum boʻlgan. Uning bir qancha shogirdlari oʻz sohalari boʻyicha shuhrat qozonganlar. Ahmad as-Sagʻoniy qadimgi jihozlarni takomillashtirishda hech kim amalga oshira olmagan natijalarga erishgan[3]“.

Ibn al-Kiftiy Ahmad as-Sagʻoniy haqida yana quyidagi maʼlumotlarni ham bayon qilgan: "Bogʻdod hukmdori Adud ad-Davlaning oʻgʻli Sharaf ad-Davla (951—898) Bogʻdodni boshqargan yillarda rasadxona sifatida foydalanish uchun bir uy qurdiradi va unda quyosh, sayyoralar harakatini oʻrganish uchun kuzatishlar olib borishadi. U yerda Ahmad as-Sagʻoniy ham ijod qiladi va quyoshning ikki burj boʻyicha botishini yozib qoldiradi va bu borada kuzatishlarni davom ettirgan.

Shuningdek koʻplab olimlar tomonidan eʼtirof etilgan Sagʼoniyning ilmiy merosi Beruniy, Ibn Iroq, as-Sijjiziy kabi mutafakkirlar tomonidan ham hurmat bilan eslab oʻtilgan. Jumladan Beruniy „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida yahudiy yillari va davrlarini aniqlash uchun as-Sogʻoniy hisoblaridan foydalanganligini aytadi[4].

Beruniyning yana bir keltirgan malumotiga koʻra, u Ahmad as-Sagʻoniy qalamiga mansub „Astronomiya ilmining qonunlari“ („Kavaniyi ilm al-hadya“) nomli asari mashhur ekanligini koʻrsatadi. Bu asarida olim Bogdodning gʻarbiy tarafidan „Birkatu Zalazal“ degan joyida diametri olti qarich, aylanasi besh minutlik boʻlimlarga taqsimlangan halqa yordamida oʻlchash olib borgan va toʻliq ogʻish burchagini 23 daraja 35 minut, Bogʻdodning kenglamasini 33 daraja 21 mint etib belgilaganini takidlaydi[1]. Geodeziya asarida yozilishicha as-Sagʻoniy 965-yili Bogʻdodning gʻarbiy tarafida oʻlchov ishlarini olib borib Bagʻdod kenglamasini aniq topganini taʼkidlagan[5].

Asarlari tahrir

Ahmad as-Sagʻoniyning astronomiya va geometriyaga taalluqli quyidagi asarlari maʼlum:

„Ilm-an nujum“ asari tahrir

Oʻzbekistonlik tarixiy-madaniy meroslarni izlab topish bilan shugʻullanadigan tarixchi Gulsum Hoʻjamshukurova 15 yil muqaddam allomaning oʻz yurti boʻlgan Surxondaryoda bir nechta qoʻlyozmalarni topdi. Bu asar maʼlum boʻlishicha Ahmad Asturlobiy as Sagʻoniy muallifidagi „Ilm-an nujum“ asari edi. Kitob falakiyotni kuzatishga asoslangan boʻlib, unda inson taqdiri va sogʻligi falakiyotga bogʻlab oʻrganilgan edi. Viloyat hududidan topilgan ushbu qoʻlyozma Termiz shahrida koinot ilmlarini oʻrganuvchi ilmiy markaz boʻlganligidan dalolat bergan. Ammo bugungacha bu ilmiy markaz faoliyati toʻxtatilib, olimlari toʻlaligicha maʼlum qilinmagan. Ahmad as-Sagʻoniy „Ilm-an nujum“ kitobini shogirdi Sayyid Gʻavvos at-Termiziyga topshirgan va uni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish va falakkiyot ishlarini davom ettirishni buyurgan[2].

Vafoti tahrir

Ahmad as-Sagʻoniy milodiy 990-yil Bogʻdodda (hijriy 380-yil) vafot etgan[6].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Ahmad as-Sago'niy“.
  2. 2,0 2,1 Abdulla Xolmirzayev. Termizdan nur, Qaraldi: 2023-yil, 40-bet, San'at jurnali nashriyoti, 2015. 
  3. „Ma'naviyat yulduzlari kitobi, Ahmad as-Sag'oniy“. — „Toshkent, 2001-yil, 63-bet“.
  4. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1968-yil,1-jild. 415-bet
  5. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar, Toshkent, 1982-yil, 3-jild, 101-bet
  6. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 51 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.