Ahmed Kutucu (2000-yil 1-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, markaziy hujumchi 2- Bundesliga klubi SV Sandhausenga, Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubidan ijaraga olingan. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasi vakili.

Ahmed Kutucu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmed Kutucu
Tavallud sanasi 1-mart 2000-yil (2000-03-01) (24 yosh)
Tavallud joyi Gelsenkirchen, Germaniya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SV Sandhausen
(İstanbul Başakşehir klubidan ijaraga olingan)
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2006 Sportreunde Haverkamp
2006—2011 Rot-Weiss Essen
2011—2018 Schalke 04
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2021 Schalke 04 45 (5)
2019—2020 Schalke 04 II 3 (3)
2021Heracles Almelo (Ijara) 15 (0)
2021- İstanbul Başakşehir 4 (0)
2022-SV Sandhausen (Ijara) 10 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Turkiya U17 3 (1)
2018 Turkiya U19 3 (0)
2019- Turkiya U21 3 (0)
2019- Turkiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-iyun 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Kutucu oʻzining yoshlik faoliyatini 2003-yilda Sportreunde Haverkamp bilan boshlagan, 2006-yilda Rot-Vays Essenning yoshlar jamoasiga oʻtgan. 2011-yilda u „Schalke 04“ning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[1].

2018-yil 11-dekabr kuni Kutucu „Schalke“ safida UEFA Chempionlar ligasida ilk debyutini oʻtkazgan va Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi oʻyinda Sedrik Teuchertning oʻrniga 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan[2]. U Bundesligadagi ilk golini 2018-yilning 22-dekabrida Shtutgartga qarshi safarda urgan. Oʻsha oʻyinda Kutucu 73-daqiqada Yevgeniy Konoplyankaning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan va hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirib jamoasi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan[3].

2021-yil 21-yanvarda Kutucu Eredivisie klubi Herakles Almeloga mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[4].

2021-yilning 4-iyulida Kutucu Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubiga oʻtgan[5]

2022-yil 12-yanvarda Kutucu 2-Bundesliga klubi SV Sandhauzenga qoʻshilishga rozi boʻlgan. Bundesliga klubi bilan mavsum oxirigacha ijara shartnomasi imzolanagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Kutucu 2017-yilda Hindistonda boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan[6]. U 2017-yilning 6-oktyabr kuni guruhdagi birinchi oʻyinda debyut qilgan va 18-daqiqada Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinda boshi bilan gol urib Turkiyaga terma jamoasiga 1:1 hisobidagi durangga erishishga yordam bergan[7]. U Turkiyaning qolgan ikkita oʻyinida ishtirok etgan va ular guruh bosqichidan musobaqani tark etishgan. Keyingi yili u 2018-yilda Finlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Turkiya terma jamoasiga kiritilgan[8]. U Turkiya terma jamoasi safida uchta oʻyinda ham maydonga tushgan, jamoa guruh bosqichidan musobaqani tark etgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

 

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
"Schalke 04" 2018-19 Bundesliga 13 2 2 1 1 0 16 3
2019-20 Bundesliga 25 3 3 0 - 28 3
2020-21 Bundesliga 7 0 1 0 - 8 0
Jami 45 5 6 1 1 0 52 6
Herakles Almelo (ijara) 2020-21 Eredivizion 15 0 - - 15 0
İstanbul Başakşehir 2021-22 Superliga 4 0 1 1 - 5 1
SV Sandhauzen (ijara) 2021-22 2. Bundesliga 10 1 - - 10 1
2022-23 2. Bundesliga 0 0 0 0 - 0 0
Jami 10 1 0 0 - 10 1
Karyerada jami 74 6 7 2 1 0 82 8

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 2019 1 0
2020 1 0
Jami 2 0

Manbalar tahrir

  1. „Ahmed Kutucu“ (olmoncha). schalke04.de. FC Schalke 04. 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  2. „UEFA Champions League: Schalke v Lokomotiv Moskva“. UEFA.com. Union of European Football Associations (11-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  3. „Schalke end 2018 on a high and leave Stuttgart struggling“. bundesliga.com (22-dekabr 2018-yil).
  4. „Ahmed Kutucu moves to Heracles Almelo“. Schalke 04 (21-yanvar 2021-yil).
  5. „Ahmed Kutucu moves to Istanbul Basaksehir“. Schalke 04 (4-iyul 2021-yil).
  6. „U17 Milli Takımı, Dünya Kupası hazırlıklarına başladı“ (turkcha). TFF.org. Turkish Football Federation (16-sentabr 2017-yil). 5-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  7. „New Zealand – Turkey 1:1 (U17 World Cup 2017 India, Group B)“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL (6-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  8. „U19 Milli Takımımızın Avrupa Şampiyonası Finalleri aday kadrosu açıklandı“ (turkcha). TFF.org. Turkish Football Federation (19-iyun 2018-yil). 3-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.