Ahmedjon Hisamiddinov
Ahmedjon Bahriddinovich Hisamiddinov (1932-yil, Rishton, Fargʻona viloyati — 2015-yil 3-avgust) — sovetlar davrida tanilgan tojik davlat arbobi, Tojikiston Kommunistik partiyasi Koʻlob viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1974—1983)[1].
Ahmedjon Bahriddinovich Hisamiddinov | |
---|---|
Tojikiston Kommunistik partiyasi Koʻlob viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi | |
Mansab davri 1974-yil fevral – 1983-yil 29-oktyabr | |
Oʻtmishdoshi | Raxbar Rahmatovich Qosimov |
Vorisi | Izatullo Xayoyevich Xayoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1932-yil Rishton, Farg'ona viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR |
Vafoti | 2015-yil 3-avgust |
Siyosiy partiyasi | Kommunistik partiya (1991-yilgcha) |
Taʼlim | KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi (1968) |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirhmedjon Hisamiddinov Fargʻona viloyati Rishton shahrida ishchi oilasida tugʻilgan, millati — tojik. 1953-yildan KPSS aʼzosi. 1968-yilda KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1952-yilda boshlagan. Chetputinskiy MTSning tuman agronomi.
1955—1956-yillar — MTS zonasi boʻyicha Tojikiston Kommunistik partiyasi Regar tuman qoʻmitasi instruktori.
1956— 1959-yillar — Tojikiston komsomolining Regar tuman qo‘mitasi birinchi kotibi.
1959— 1964-yillar — komsomol organi boʻlimi mudiri oʻrinbosari, Tojikiston Komsomoli Markaziy Komiteti kotibi.
1964— 1966-yillar — Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi Regar tumani ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi.
1966— 1968-yillar — KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy taʼlim maktabi talabasi.
1968—1969-yillar — Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti tashkiliy byurosining raisi.
1969—1972-yillar — Tojikiston Kommunistik partiyasi Sovet tumani qoʻmitasi birinchi kotibi.
1972—1974-yillar — Tojikiston Kommunistik partiyasi Panj tumani qo‘mitasi birinchi kotibi.
1974—1983-yillar — Tojikiston Kommunistik partiyasi Koʻlob viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi.
1983—1985-yillar — Tojikiston SSR oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi.
1985—1988-yillar — Tojikiston Kommunistik partiyasi Isfara shahar qo‘mitasi birinchi kotibi.
1988—1990 yillar — Tojikiston SSR Davlat reja qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
1991—2001-yillar — Shahrinav viloyati hokimligi qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, rais o‘rinbosari.
SSSR Oliy Kengashining 9- va 10-chaqiriqlari deputati. SSR va Tojikiston SSR Oliy Soveti deputati, Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi etib saylangan. 2015-yil 3-avgustda vafot etgan[2].
Mukofotlar va unvonlar
tahrirHisamiddinov Oktyabr inqilobi, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Shon-sharaf belgisi“ ordenlari, uchta medal, Tojikiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining toʻrtta faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Хисамутдинов, Ахмеджан Хисамутдинович“. newstest.ru. Qaraldi: 11-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ХИСАМУТДИНОВ Ахмеджан“. centrasia.org. Qaraldi: 11-iyun 2023-yil.