Air Canada
Air Canada (TSX: AC.A , TSX: AC.B) Kanadaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlib, Star Alliance[1] asoschilaridan biri hisoblanadi. Aviakompaniyaning bosh aeroporti Monreal shahrida joylashgan boʻlib. Air Canada yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha dunyoning 207 ta yoʻnalishida rejali va charter reyslarini amalga oshiradi. Asosiy markazlar — Torontodagi Pearson aeroporti, Monrealdagi Per Eliot Trudeau aeroporti va Vankuver[2] aeroporti. Qoʻshimcha markazlar esa Kalgari aeroportida joylashgan.
| |||||||
Tashkil topgan | 1937-yil 10-aprel | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Havo tuguni |
Pirson (Toronto), Pyer Eliot Tryudo (Monreal), Vankuver | ||||||
Qoʻshimcha havo tuguni | Kalgari | ||||||
Alyansi | Star Alliance | ||||||
Park hududi | 159 (2021-yil iyul oyiga kora) [1] | ||||||
Bosh qarorgohi | Kanada Monreal | ||||||
Muhim shaxslar | Colin Ravenescue (Prezident) | ||||||
Sayti | http://www.aircanada.com/ |
Tarixi
tahrirKompaniya 1937-yilda[3] Trans-Canada Airlines (TCA) sifatida tashkil etilgan va 1964-yilgacha shunday boʻlib qolgan. Aviakompaniya 1938-yilda transkontinental parvozlarni amalga oshira boshladi. 1949-yilda kompaniyaning asosiy aeroportini Vinnipegdan (Manitoba) hozirda joylashganMonrealga koʻchib oʻtadi. 1984-yil iyul oyidan boshlab kompaniya mijozlarini mukofotlash uchun Aeroplan dasturi joriy qilinadi. 1997-yilda u bir nechta aviakompaniyalar bilan Star Alliance kompaniyasiga asos solgan. 2000-yilda kompaniya Kanadaning ikkinchi yirik aviatashuvchisi Canadian Airlines ni sotib oladi. 2003-yilda aviakompaniya bankrotlikdan himoya qilish uchun daʼvo qiladi va keyingi yili ACE Aviation Holdings Inc sifatida qayta tashkil etiladi.
Flot
tahrir2021-yil iyul oyida Air Canada aviaparki oʻrtacha yoshi 9,7 yil boʻlgan 159 ta samolyotdan iborat edi[4]:
Samolyot turi | Ekspluatatsiyada | Buyurtma qilingan | Yolovchi sigʻimi | Eslatmalar | |||
Biznes | Premium | Ekonom | Jami | ||||
Airbus A220-300 | 24 | — | 12 | 125 | 137 | ||
Airbus A320-200 | 18 | — | 14 | — | 132 | 146 | |
Airbus A321-200 | 15 | — | 14 | — | 169 | 183 | |
Airbus A330-300 | 16 | — | 30 | 21 | 255 | 306 | |
Boeing 737 MAX 8 | 24 | — | 16 | 153 | 169 | ||
Boeing 737 MAX 9 | — | — | M/Y | ||||
Boeing 767-300ER | 19 | — | — | 24 | 187 | 211 | |
Boeing 777-200LR | 6 | — | 40 | 24 | 236 | 300 | |
Boeing 777-300ER | 19 | — | 40 | 24 | 336 | 400 | |
28 | 24 | 398 | 450 | ||||
Boeing 787-8 | 8 | — | 20 | 21 | 210 | 251 | |
Boeing 787-9 | 29 | — | 30 | 21 | 247 | 298 | |
Jami | 159 | — |
---|
Birlashgan kompaniyalar
tahrir- Air Canada Express
- Air Canada Cargo
- Air Canada Rouge
- Air Ontario
- Air Tango
- Air BC
- Air Nova
- Sky Regional Airlines
- Zip
Faoliyat
tahrirAir Canada Kanada, Qoʻshma Shtatlar, Lotin Amerikasi, Yevropa, Avstraliya va Osiyodagi 98 ta yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi. Air Canada Jazz bilan hamkorlikda esa 160 ta yoʻnalishga parvozlar amalga oshirilmoqda.
Yoʻlovchi tashish boʻyicha rekordlar 2006 va 2017-yillarda boʻlib 34 va 48 million yoʻlovchi tashilgan.
Galereya
tahrir-
Boeing 777-300ER yangi ko'rinishda
Manbalar
tahrir- ↑ „Star Alliance Member Airline – Air Canada“. Star Alliance. 17-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2009-yil.
- ↑ "Investors Contacts (Wayback Machine saytida 4-fevral 2016-yil sanasida arxivlangan)" Air Canada. Retrieved on 18 May 2009.
- ↑ „Timeline – Air Canada's 80th Anniversary“. moments.aircanada.com. 27-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2017-yil.
- ↑ „https://www.planespotters.net/airline/Air-Canada“. www.planespotters.net. 2-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2021-yil.