Ajdarning boʻysundirilishi
Ajdarning boʻysundirilishi (inglizcha: How to Train Your Dragon) — 2010-yilda DreamWorks Animation tomonidan ishlab chiqarilgan Amerika kompyuter-animatsion fantastika filmi. Film shu nomli 2003-yilgi kitob asosida ishlab chiqarilgan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, T.J. Miller, Kristen Wiig va Christopher Mintz-Plasse kirishadi. Film 83-Akademiya mukofotlarida „Oscar“ga nomzod boʻlgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazdi.
Ajdarning boʻysundirilishi | |
---|---|
How to Train Your Dragon | |
![]() Film posteri | |
Rejissor | |
Produser | Bonnie Arnold |
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda | |
Bastakor | John Powell |
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar |
DreamWorks Animation |
Distributor | Paramount Pictures |
Reliz sanasi |
|
Davomiyligi | 98 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Budjet | $165 million[1] |
Daromad | $495.8 million[1] |
Keyingi film | Ajdarning boʻysundirilishi 2 |
Film afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda[2] ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 milliondan oshib ketib, DreamWorks Animationning beshinchi eng daromadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdarning boʻysundirilishi kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi.[3]
Ovoz berganlarTahrirlash
- Ikking (ingl. Hiccup, aniqroq tarjima qilinganda: Hiqichoq; toʻliq ismi Hiqichoq Gorendus Goddek ||| inglizchasiga Hiccup Horendous Haddock |||) — safdoshlaridan boʻyi kichkina, orriq, nimjon va viking Stoik Ulkanning (ingl. Stoick the Vast) oʻgʻli. U Qora Ajdarni boʻysintiradi va unga Tishsiz deb nom qoʻyadi. Otasi Yanek uni haqiqiy viking boʻlishini xohlaydi, yaʼni ajdaholarni ovlab, oʻldirishini istaydi. Lekin Iking ajdaholarga mehribonlik koʻrsatadi.
- Stoik Ulkan (Garerd Butler)
- Stoik Ulkan (ingl. Stoick the Vast) — ulkan, jismonan chiniqqan, qudratli erkak, baquvvat va zabardast viking, hamda, Ikkingning otasi. Stoik — u ajdaholarni koʻp ushlagan va oʻldirgan. Uning orzusi ikkita edi: 1) Qora ajdarni (Ikking unga Tishsiz deb nom bergan) ushlash 2) Ikking oʻziga oʻxshab haqiqiy viking boʻlish. Lekin oʻgʻli Iking ajdaholarni oʻldirishni istamas edi.
- Astrid (Amerika Ferrera)
- Astrid Goferson (ingl. Astrid Hofferson) — jangari, energiyali, gʻayrari juda baland jangari va chiroyli qiz. Ikkingning bilan teng yoshda. U Ajdahoni tarbiyalashda hammadan oʻzar edi. Faqat Ikking ajdahoni boʻysuntirish usullarini oʻrganmasidan avval.
- Gobber kekirik (Kreg Ferguson)
- Gobber kekirik (ingl. Gobber the Belch) — temirchi, Stoik Ulkanning yaqin doʻsti, oʻzi ham kattaroq viking. Bitta tishi yoʻq boʻlgani uchun bakalning temirini qoʻyib olgan. Gobber — Ikking va uning doʻstlariga Ajdahoni Tarbiyalash kursini koʻrsatadi va oʻrgatadi. Gobber kekirik chap qoʻli va oʻng oyogʻidan ayriladi.
- Tishsiz (Ajdaho nomi)
- Tishsiz — qora tusdagi tezkor va vikinglar hayotida u haqida maʼlumot boʻlmagan, hamda, uni hech kim koʻrmagan (Ikking uni tarbiyalagancha) katta ajdaho. Ajdaho personajiga aktyorlar ovoz berishmagan. Faqat unga ajdahoga oʻxshash komputer tovushlarini qoʻyishgan.
- Aak (Robin Atkin Daunis)
DaromadTahrirlash
ReliziTahrirlash
Bu animatsion film DreamWorks kompaniyasi tomonidan ishlangan. Animatsion film dunyo boʻyicha yigʻgan daromadi $ 495, 8 million gacha yetdi. Film premyerasi 2010-yili 26-mart kuni boʻlin oʻtdi.
2D, 3D va IMAX 3DTahrirlash
Animatsion film 2D, 3D, hamda, IMAX 3D formatlarda suratga olingan.
MukofotlariTahrirlash
- Eng yaxshi Soundtrack
- Eng yaxshi 3D animatsion film
- Eng yaxshi animatsiya
- Eng yaxshi Visual Effects
Oltin globus | |
Mukofot sohasi | Eng yaxshi animatsion film |
Tashkilotchi | Chris Sanders |
Mamlakat | AQSh |
Birinchi berilgan yili | 2011 |
Oxirgi berilgan yili | 2011 |
ManbalarTahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 „How to Train Your Dragon (2010)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 18-dekabr 2010.
- ↑ „How to Train Your Dragon“. ComingSoon.net. Coming Soon Media, L.P.. 30-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-iyul 2008-yil.
- ↑ „How to Train Your Dragon (2010)“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 16-noyabr 2018-yil.