Aka-makasi – oʻzbek xonandasi Munisa Rizayeva tomonidan kuylangan qoʻshiq[1]. YouTube platformasiga 2024-yil 17-iyul kuni „Riza Nova“ studiyasi tomonidan eʼlon qilingan. Videoklip davomiyligi 6 daqiqa-yu 17 soniyani tashkil etadi. Xonanda 2024-yil 26-iyun kuni videoklip treylerini oʻzining shaxsiy instagram sahifasiga joylagan. Postda videoklipni suratga olishjarayonlari uchun 3 kun vaqt ketganligini, obrazlar soni koʻpligini yozib qoldirgan[2]. Videoklipda taniqli oʻzbek vayneri Moʻmin Ibrohimov va xonandaning oʻzi bosh rolni ijro etganlar. „Aka-makasi“ jumlasi 2011-yil ommaga taqdim etilgan oʻzbek kinofilmi boʻlgan „Zamonaviy sovchilar“da aktyor Muhammadiso Abdulxairovga aktrisa tomonidan „Unda biznikiga borgan amakisidimi yoki sizmidingiz?“ savoliga, „Man, man ak-mak-aka-makasi“ deb javob bergani keng ommalashib ketgani videklipni suratga olishga sabab boʻlgan[3]. YouTube tarmogʻida 2024-yil 19-iyul 13:40 holatiga koʻra, videoklipning koʻrishlar soni 1 million 800 mingdan oshgan.

„Aka-makasi“
Munisa Rizayeva qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2024-yil 17-iyul
Studiya Riza Nova
Davomiyligi 6:17
Prodyuser(lar) Jahongir Rauf

Toshkent vaqti bilan 19:15 da klipdagi yigit, Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan Nyu York shahrida yashovchi onasiga telefon qilib, pul berib turishini, kartasi bloklanib qolganini aytgan. Onasi unga qachongacha undan pul soʻrashligini, tezroq uylanishi kerakligini tushuntirgan. Keyin, farzandiga bir joylashuvni tashlashini, pulni ham oʻsha yerdan olib ketishini aytgan. Voqealar Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasiga yaqin hudud – Aryan qishlogʻida kechadi. Yigit qishloqqa borib, bozordagi aholidan Ramez ismli kishini kimligini soʻrab chiqadi. Yigit soʻragan hech kim savoliga javob topa olmagach, bozorda sotuvchilik qiluvchi bir qiz Ramez ismli kishini tanishini aytib, yigitni bir manzil tomon olib ketadi. Yoʻlga chiqqach, „ZIL-130“ rusumidagi yuk mashinasi bilan oʻzining uyiga olib boradi. Qiz yigitni otasi turgan xonaga olib kiradi. Qizning otasi yigitdan uni kim yuborganligini soʻraganda, onasini aytadi. U rasmlar orasidan bir rasmni topib oladi. Rasmda bir kichik yoshdagi bola qizni qulogʻini tishlayotgan holda tasvirlanganini koʻrib, haqiqatda qizining boʻlajak turmush oʻrtogʻi shu yigit ekanligiga ishonch hosil qiladi. Qishloq ahliga ikki yoshning toʻyi haqida aytib, ularning toʻyi oʻtkaziladi. Yigit toʻydan soʻng, onasiga qoʻngʻiroq qilib ular baxtli ekanini, tez orada Nyu Yorkka uchib borishini maʼlum qilgan.

Manbalar

tahrir