Akbarsho Iskandarov

Tojikiston prezidenti

Akbarsho Iskandarov (1-avgust 1951)[1] – Tojikistonning 2 marta muvaqqat Prezidenti. Tojikistonning Qozog`iston va Turkmanistondagi elchisi boʻlgan[2][3].

Akbarsho Iskandarov
Tojikiston Prezidenti
v.b.
Mansab davri
1992-yil 7-sentyabrdan – 1992-yil 20-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Akbar Mirzoyev
Abdumalik Abdullajonov
Oʻtmishdoshi Rahmon Nabiyev
Vorisi Emomali Rahmon
Mansab davri
1991-yil 6-oktyabrdan
Hukumat boshligʻi Izzatullo Hayoyev
Mansab davri
 – 2-dekabr 1991-yilgacha
Oʻtmishdoshi Rahmon Nabiyev
Vorisi Rahmon Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1951-yil (1951-08-01) (72 yosh)
Kevron

Biografiya tahrir

1951-yil 1-avgustda Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining Qalayxum tumani (hozirgi Darvaz tumani) Kevron qishlogʻida tugʻilgan. 1966—1970-yillarda (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1973-yilgacha) Dushanbe politexnika texnikumida oʻqigan, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha diplom olgan. 1974-yilda Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetining iqtisod fakultetiga oʻqishga kirdi va 1979-yilda iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomladi. 1989-yilda Toshkent oliy partiya maktabini tugatdi.

1970-1980-yillarda Qalayxum tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasida katta yer tuzuvchi, katta iqtisodchi lavozimlarida ishlagan. 1980-1981-yillarda Qalayxum tuman xalq nazorati qoʻmitasi inspektori, 1982-yilgacha Markaziy statistika boshqarmasi inspektori lavozimlarida ishlagan. 1982-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi Qalayxum tuman qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi instruktori. 1984-yildan Togʻli Badaxshon viloyat partiya qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan[4].

1986-yilda Ishkashim tumani ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, tuman agrosanoat birlashmasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1987—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Vanj tumani qoʻmitasi 1-kotibi. 1990-yil 29-martda Tojikiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq deputati boʻldi. 1990-1993-yillarda Togʻli Badaxshon viloyat kengashi raisi. Shu bilan birga, 1990-1992-yillarda Tojikiston Oliy Kengashi raisining oʻrinbosari[5].

1991-yil noyabr va 1992-yil aprel-may oylarida Iskandarov Tojikiston Oliy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, 1992-yil 11-avgustda esa respublika Oliy Kengashi raisi lavozimiga saylangan. Ayni paytda Iskandarov bu lavozimda Tojikistonning 2-prezidenti Rahmon Nabiyev oʻrniga Tojikiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlgan. 1992-yil 7-sentyabrda Iskandarov Tojikiston vaqtincha prezidenti lavozimini egalladi[6].

1993-yil martidan 2001-yilgacha Iskandarov Tojikistonning Turkmanistondagi muvaqqat ishlar vakili, soʻngra Favqulodda va muxtor elchisi boʻlib ishlagan. 2001-yildan Qozogʻistonda va Moʻgʻulistonda elchi boʻlgan. 2008-yildan buyon Iskandarov Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida alohida topshiriqlar boʻyicha elchi lavozimida ishlagan.

2000-yilda Akbarsho Iskandarovning xotiralar kitobi nashr etildi. Iskandarov oilali, besh farzandi bor.

Manbalar tahrir

  1. „ИСКАНДАРОВ Акбаршо“. centrasia.ru. 2016-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun. (Wayback Machine saytida 2016-06-25 sanasida arxivlangan)
  2. Chronology for Uzbeks in Tajikistan. UNHCR website.
  3. Tadzhikistan: Fear of Torture.... Amnesty International website.
  4. „Родники дружбы; А. И. Искандаров; Междунар. Отношения, 2000; ISBN 5713310132, 9785713310134“. 2014-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-mart.
  5. „Akbarsho Iskandarov: S Turkmenistanom u nas net problem“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  6. Akbarsho Iskandarov (Wayback Machine saytida 2023-10-21 sanasida arxivlangan), sentr „Panorama“, baza dannix „Labirint“