Akobir Adhamov (1928-yil 4-sentyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1993-yil 12-noyabr, Dushanbe, Tojikiston) – fizik, Tojikiston fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor[1][2].

Akobir Adhamov
Tavalludi 4-sentyabr, 1928-yil
Vafoti 12-noyabr, 1993-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Hayoti

tahrir

Akobir Adhamov 1928-yil 4-sentyabr kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1949-yil Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. 1953-yil esa Moskva davlat universitetini tugatgan. Akobir Adhamov 1954-yildan 1965-yilgacha Tojikiston davlat universitetining fizika-matematika fakultetida katta oʻqituvchi sifatida faoliyat olib borgan. 1965-yildan 1966-yilgacha Tojikiston milliy universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori boʻlgan. 1966-yildan 1968-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasi huzuridagi fizika institutida direktor sifatida faoliyatini davom ettirgan. Akobir Adhamov 1976-yildan 1984-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasi huzuridagi kimyo akademiyasini boshqargan[3].

Akobir Adhamov SSSR Fanlar akademiyasining ultratovush muammolari boʻyicha tuzilgan ilmiy kengash aʼzosi edi. Shu bilan birgalikda, Tojikiston fanlar akademiyasining amaliy muammolar boʻyicha tuzilgan ilmiy kengash raisi boʻlgan. U „Sovet-tojik ensiklopediyasi“ ilmiy tahririyati bosh kotibi edi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Akobir Adhamov fizika fanidan 1954-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1964-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Tojikiston davlat universitetida kvant elektronikasi, ultratovushning suyuqliklarda tarqalishi, elastik moddalarning kinetik nazariyasi hamda potensial energiyani aniqlash boʻyicha izlanishlar olib borgan. Akobir Adhamov 100 ga yaqin ilmiy ishlar va maqolalar muallifidir.

Mukofotlari

tahrir

Akobir Adhamov „Shon-sharaf ordeni“, „Lenin ordeni“, „Mehnat faxriysi“ ordenlari va yana bir qancha mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Akademiyai ilmhoi Ҷumhurii Toҷikiston. Hayati shaxsӣ. – Dushanbe: Donish, 2011. – 216 s.
  2. „Акобир Адҳамович Адҳамов“. 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  3. „Akobir Adxamov ijodiy“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.