Akobir Toʻrayev (1996-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qirgʻiziston Premer-ligasining "Neftchi" klubi hujumchisi.[1]

Akobir Toʻrayev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-noyabr 1996-yil (1996-11-03) (27 yosh)
Tavallud joyi Buxoro O‘zbekiston
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Striker / Winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ravshan
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012–2013 FC Buxoro U21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2016 Buxoro 47 (6)
2016–2017 Paxtakor 7 (1)
2017–2019 Buxoro 9 (2)
2019–2020 Rahmatganj MFS 10 (2)
2020–2021 Mashʼal Muborak 7 (2)
2021 Eskhata Khujand 17 (9)
2021–2022 TRAU 6 (1)
2022 Neftchi 5 (0)
2023— Ravshan 2 (0)
Milliy terma jamoa
2011-2012 O‘zbekiston U17 10 (4)
2013-2016 O‘zbekiston U19 5 (1)
2016 O‘zbekiston U23
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19:55, 27-avgust 2022 (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-mart uchun)

Klub faoliyati tahrir

Toʻrayev futbolchilik faoliyatini 2012-yilda „Buxoro“ning U21 jamoasida boshlagan, 2013-yilda esa klubning katta jamoasiga oʻtgan. Keyinroq 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijaraga berildi.[2] U Osiyo Chempionlar Ligasida „Paxtakor“ning „Al-Jazira“ ga qarshi oʻyinida (3:0) ham ishtirok etdi. „Paxtakor“da ijara muddatini tugatib, keyingi mavsumda oʻzining klubi „Buxoro“ga qaytdi.

Toʻrayev 2018/19-yilgi mavsum oxirigacha „Buxoro“ tarkibida boʻlgan. Klubdagi faoliyati davomida u 20 uchrashuvda 3 ta gol urgan. 2019-yilda u chet elda yangi sinovga yoʻl oldi va Bangladeshning Rahmatganj MFS jamoasiga qoʻshildi.[3] U Oʻzbekistonga qaytgunga qadar Bangladesh klubi safida 10 ta oʻyinda ikkita gol urdi. U 2020-yil avgust oyida „Mash’al Muborak“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq oʻyin vaqti yetishmagani uchun 2021-yilning yanvarida Tojikistonga koʻchib oʻtgandi. U Tojikiston oliy ligasi vakili „Esxata Khujand“[4] klubi safida 15 oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.[5]

Akobir 2021-yil 30-avgustda „TRAU“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi, unda 2021-22 I-liga dekabr oyining oxirgi haftasidan boshlandi.[6][1] U klubdagi ilk golini 2022-yil 3-mart kuni „Sreenidi Dekanga“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2022-yil Qirgʻiziston chempionati vakili "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi.[1] 2023-yil 15-iyulda Ravshan Kulob bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi[7].

Yutuqlar tahrir

Jamoaviy tahrir

Rahmatgonj MFS

  •   Federatsiya kubogi ikkinchi oʻrin: 2019

Paxtakor Toshkent

Individual tahrir

  • Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2013[8][9]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Akobir To'raev va Sardor Sulaymonov legionerga aylandi“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  2. „Akobir To'raev "Paxtakor"da“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  3. „O'zbekistonlik Osiyo chempioni Bangladesh klubiga o'tdi“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  4. „Application of the football club "Eskhata" (Khujand) for participation in the season-2021“ (ruscha). twitter.com. Football Federation of Tajikistan Twitter. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  5. „Akobir To'raev Tojikiston chempionatida iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  6. „O'zbekistonlik Osiyo chempioni Hindistonda o'ynaydi“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  7. „АКОБИР ТУРАЕВ ФУТБОЛБОЗИ НАВИ ДАСТАИ "РАВШАН"-И КӮЛОБ“ (Tajik). instagram.com/fc.ravshan1965/. Ravshan Kulob Instagram (2023-yil 15-iyul). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  8. „SHuhrat Fayziev: "Akobir To'raev Baqoevga o'xshashib ketadi"“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  9. „"Yilning eng yaxshi yosh futbolchilari" - Boltaboev, To'raev va Abdullaev“. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.

Havolalar tahrir