Al-Botin eksklyuziv aeroporti
Al-Botin eksklyuziv aeroporti (arabcha: مطار البطين) (IATA: AZI, ICAO: OMAD) BAA poytaxti Abu-Dabi shahri markazidan 6.5 nautical mile (12.0 km; 7.5 mi) masofada joylashgan maxsus biznes-jet xalqaro aeroportidir[2]. Aeroport Abu-Dabi orolida joylashgan. 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilib (hozirgi Abu-Dabi xalqaro aeroporti bilan adashtirmang), shaharning avvalgi aeroportini almashtirgan.
Al-Botin eksklyuziv aeroporti مطار البطين | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: AZI – ICAO kodi: OMAD | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik/Harbiy[1] | ||
Operator | Abu Dhabi Airports Company | ||
Xizmat doirasi | Abu-Dabi | ||
Ochilgan | 1970-yil | ||
Dengiz sathidan balandligi | 16 ft / 5 m | ||
Koordinatalari | 24°25′42″N 54°27′29″E / 24.42833°N 54.45806°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
13/31 | 3 202 | 10,505 | Asphalt |
Manba: DoD FLIP[1] |
Tarixi
tahrirAeroport 1960-yillarda qurilgan va 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilgan[3].
1982-yilda shaharning janubi-sharqida ortib borayotgan havo qatnovini qondirish uchun yangi aeroport ochildi.
1983-yilda Al-Botin harbiy havo bazasiga aylandi[3], Botin aviabazasi sifatida tanilgan[4].
1990-yil 17-avgustdan boshlab AQSh Havo kuchlarining ikkita boʻlinmasi Al-Botinga, oxir-oqibat Fors koʻrfazi urushiga aylangan harbiy mojarolarga tayyorgarlik koʻrish uchun joylashtirildi. Al-Botinga joylashtirilgan birinchi boʻlinma Arkanzas shtatidagi Litl-Rok havo kuchlari bazasidan oʻn oltita Lockheed C-130E Hercules transport samolyotiga ega 50-taktik havo yuk koʻtarish eskadroni edi. Unga 1990-yil 26-avgustdan boshlab, Arizona shtatidagi Devis-Montan havo kuchlari bazasidan 41-elektron jangovar eskadron oʻzining oltita Lockheed EC-130H Compass Call elektron hujum samolyotlari bilan qoʻshildi[5].
Aeroport 2008-yilgacha harbiylar nazorati ostida boʻlib, oʻshanda Al-Botin eksklyuziv aeroporti nomi ostida eksklyuziv samolyotlariga xizmat koʻrsatadigan fuqarolik aeroportiga aylangan[3].
2022-yil 8-dekabrda aeroportda amerikalik basketbolchi Viktor But hamda rossiyalik qurol tujjori Britt Griner mahbus sifatida almashilgan[6].
2023-yil aprel oyida Dubayda joylashgan Jetex aviatsiya kompaniyasi Al-Botin eksklyuziv aeroportida shaxsiy terminal (FBO) ochganini eʼlon qildi[7].
Hukumatning foydalanishi
tahrirAl-Botin mushtariylari orasida BAA dengiz aviatsiyasi vertolyotlari eskadroni va Abu-Dabi politsiya departamentining havo qanoti bor[manba kerak].
Yoʻlovchi aviakompaniyalari va yoʻnalishlari
tahrirRotana Jet 2014-yil oktyabr oyida barcha rejalashtirilgan tijorat operatsiyalarini Abu-Dabi xalqaro aeroportining 2-terminaliga koʻchirdi va Al-Botindan xususiy reaktiv qatnovlarni amalga oshirishda foydalanmoqda[8].
Shveytsariyaning quyosh energiyasi bilan ishlaydigan eksperimental samolyoti, Solar Impulse 2 2015-yilda soʻnggi marta aeroportga qoʻndi. Aeroportdan butun dunyo boʻylab harakatlanish uchun boshlangʻich nuqta sifatida foydalangan. Samolyot 2015-yil 9-mart kuni havoga koʻtarilgan va yaqin atrofdagi Ummonga, soʻngra Hindistonga uchgan. 2016-yil 25-iyulda Qohiradan Abu-Dabiga qoʻnadigan soʻnggi poyga uchun qoʻnish joyi sifatida ham foydalanilgan[manba kerak].
Ilgari parvoz qilgan aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirYoʻlovchi tashish
tahrirAviakompaniyalar | Manzillar |
---|---|
Air France | Parij – Sharl de Goll |
Air India | Bombay |
B. O.A. C. | London–Hitrou |
British Airways | London–Hitrou |
EgyptAir | Qohira |
Ethiopian Airlines | Sano |
Gulf Air | Bahrayn |
Gulf Aviation | Bahrayn |
Iran Air | Sheroz |
Kuwait Airways | Quvayt |
Lufthansa | Frankfurt |
Middle East Airlines | Bayrut |
Pakistan International Airlines | Gvadar, Karachi, Lohur |
Rotana Jet | Maskat xalqaro aeroporti |
Royal Jordanian | Amman-Fuqarolik |
Somali Airlines | Mogadishu |
Syrian Air | Damashq |
Tunisair | Damashq |
Yemenia | Sano |
Sudan Airways | Xartum |
Singapore Airlines | Singapur-Paya Lebar, Singapur-Changi |
Yuk tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
German Cargo | Frankfurt |
PIA Cargo | Damashq, Istanbul-Otaturk |
Hujjatlarda tasvirlanishi
tahrirAeroport 1969-yil mart oyida Abu-Dabi tomonidan chiqarilgan pochta markalari toʻplamida tasvirlangan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 DoD Flight Information Publication (Enroute) - Supplement Europe, North Africa and Middle East. St. Louis, Missouri: National Geospatial-Intelligence Agency, 2021 — B-24-bet.
- ↑ „OMAD“. www.gcaa.gov.ae. General Civil Aviation Authority (2015). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „History“. Al Bateen Executive Airport. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ „41 Electronic Combat Squadron“ (en-US). Air Force Historical Research Agency. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ Gulf War Air Power Survey (Report). V. Washington, D.C.. 1993. https://media.defense.gov/2010/Sep/27/2001329816/-1/-1/0/AFD-100927-065.pdf. Qaraldi: 2022-08-17.
- ↑ Joseph, Yonette; Soto, Kaly. „Russian state media releases video footage of the Brittney Griner prisoner swap.“. The New York Times (2022-yil 8-dekabr). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
- ↑ Orange. „Jetex Announces Flagship Private Jet Terminal in Abu Dhabi - Jetex“ (en-US). FBO Networks, Ground Handling, Trip Planning, Premium Jet Fuel. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
- ↑ El Gazzar, Shereen. „Rotana Jet moves base to Abu Dhabi International“ (en). The National (2014-yil 27-oktyabr). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Scott Standard Postage Stamp Catalog Snee: . Sidney, Ohio: Scott Publishing Co., April 2014 — 292-bet. ISBN 978-0-89487-488-8.